Oshxona

Pishloq va sosiskali pirog tayyorlaymiz

Nonushta yoki oddiy tamaddi uchun mukammal retsept. Bu mazali taom tez va eng asosiysi, oson tayyorlanadi. Shuning uchun oshxonaga joylashing va pazandalik borasidagi ijodkorlikni boshlang.

Masalliqlar:

  • 250 ml qatiq,
  • 150 g un,
  • 2 dona tuxum,
  • 200 g pishloq,
  • 200 g sosiska yoki kolbasa,
  • 1 ch.q. yumshatuvchi (razrixlitel),
  • tuz.

Tayyorlanishi:

  1. Pishloqni yirik qirg‘ichda qiring. Sosiskalarni yupqa dumaloqchalar shaklida to‘g‘rang.
  2. Tuxum, qatiq, 1/3 ch.q. tuzni yaxshilab aralashtiring. Yumshatuvchi va unni qo‘shing, yumaloqchalar paydo bo‘lmasligi uchun aralashtiring.
  3. Pishloq va sosiskalarni qo‘shing, aralashtiring. Xamirni yog‘ surilgan formaga joylashtiring.
  4. 180 darajagacha qizdirilgan duxovkaga qo‘ying. 35—40 daqiqa davomida pishirib oling.

Pishirig‘imiz tayyor bo‘ldi. Endi dasturxonga tortishingiz mumkin.

Yoqimli ishtaha!

Manba: Daryo.uz