Madaniyat

Plastik jarrohlikning "plyus-minus"lari haqida

Ilgari Gollivud yulduzlariniki kabi ko‘z-qovoqlaru, chiroyli qomatni faqat xayol qilgan bo‘lsak, bugun ular oddiy turmush tarzimizga aylangan. Hatto «ko‘zini torttiribdi, labini shishiribdi» degan so‘zlar bilankimni hayron qoldirolmaysiz.

Bugungi kunda ikki yo‘nalish bo‘yicha plastik jarrohlik amaliyotlari bajarilmoqda. Bular — plastik rekonstruktiv hamda estetik plastik jarrohlikdir. Plastik rekonstruktiv jarrohlik – tug‘ma nuqsonlar, tanadagi turli xil anomaliyalar, orttirilgan jarohatlar, teri kuyishlaridan keyingi o‘zgarishlarni bartaraf etish maqsadida o‘tkaziladigan amaliyot hisoblanadi.

Vaqt o‘tgani sayin inson organizmi, xususan, teri qatlamida yoshga doir o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Buni bartaraf etish, ya’ni qarish jarayoni tashqi ko‘rinishda aks etishining oldini olishda estetik plastik jarrohlik uslubi qo‘llanadi.

Ilgari lab korreksiyasi uchun bir martalik muolajalardan foydalanshishgan. Bunda qo‘llaniladigan ineksiya tarkibi silikon va akril gellaridan iborat bo‘lib, naxri juda arzon edi. Qolaversa, inson organizmi uchun zarari ham bor. Bugun lab shaklini o‘zgartirish bo‘yicha bajarilayotgan amaliyotlarda gialuron kislotasi yoxud gialuron+yog‘ usuli bajarilmoqda. Bu mutlaqo xavfsiz amaliyot hisoblanadi.

Abdominoplastika – qorindagi yog‘lardan xalos bo‘lish

Mazkur amaliyot jarayonida teriosti yog‘ qavati va ortiqcha teri qatlami olib tashlanadi. Operatsiyadan so‘ng 2 hafta davomida og‘ir mehnat faoliyati bilan shug‘ullanmaslik, parhez tutish tavsiya etiladi.

Muolaja natijasi bir umrlik!

Qosh-qovoqni «torttirish»

Bu amaliyot natijasida qovoqlardagi shishlarni ketkazish, ko‘z osti qopchalarini bartaraf etish va ko‘z atrofidagi terini taranglashtirish (mayda ajinlarni yo‘qotish)ga erishish mumkin.

Liposaksiya

Bo‘yin va engak, bel, qorin, son sohasi, sut bezlari va tizzadagi ortiqcha yog‘ qatlamlarini liposaksiya usulida tuzatish mumkin. Mazkur amaliyot tananing bir qancha sohalarida mavjud tashqi o‘zgarishlarni me’yoriga keltirish uchun bajariladi. Liposaksiya usulida muammoli sohadagi terining osti yog‘ qavati olib tashlanib, teridagi «qavat» va burishishlar yo‘q qilinadi.

Yuz terisining «yangi» lanishi

Yoshga doir o‘zgarishlar, xususan, yuz terisi ajinlari, teriqavatining qat-qat bo‘lib qolishi, tana vazni ortishi yoxud kamayishida ikkinchi engak paydo bo‘lishi kabi holatlarda plastik jarrohlik usuliga murojaat qilish mumkin. Teriqavati tortilib, kesim choklari quloq ortiga yashiriladi. Amaliyot natijasi 1-1,5 oydan so‘ng sezila boshlaydi.

Burunni to‘g‘irlash

Burun shaklini o‘zgartirish, tug‘ma nuqsonlarni bartaraf etish va nafas yo‘llari bilan bog‘liq o‘zgarishlarni bartaraf etish rinoplastika usulida bajariladi. Shuningdek, burun do‘ngligi, shakli qiyshayishi, burun o‘lchamining katta yo kichikligini korreksiya qilish ham mazkur amaliyot sirasidandir.

BOTOKS

Og‘riqsiz va operatsiyasiz bajariladigan amaliyot hisoblanib, yuzdagi mimik ajinlarni yo‘qotish uchun qo‘llanadi. Peshana, ko‘z va burun trofidagi mayda mimik ajinlar mavjud sohaga maxsus ingichka igna yordamida botulotoksin yuboriladi. Preparat teridagi zo‘riqishni bartaraf etib, mimik ajinlarning yozlishi va tekislanishini ta’minlaydi. Qo‘ltiq osti terlashidayam qo‘llaniladi.

Manba: Darakchi.uz