Jinsiy hayot

Pornografiyaning oilada qo‘llanilishi to‘g‘rimi?

O‘tmishda pornografiya juda katta boyvachchalarga xos illat edi. Ulardan boshqa hech kimning bunga moddiy imkoni yo‘q edi. Masalan, Sezar Tiberius o‘z nafsini qondirish uchun Misr papiruslariga chizilgan shahvoniy rasmlarni sotib olishiga to‘g‘ri kelar edi. Yoki o‘zining saroyiga shahvoniy sahnalarni qo‘yish uchun shahvoniy o‘yinlarga o‘rgatilgan qiz va yigitlarini taklif qilishi kerak edi. Bugun esa barcha narsa o‘zgargan. Endi har kimning ham pornografiyaga qo‘li yetadi. Har qanday videoprokatda “faqat kattalar uchun” maxsus bo‘limlar bor. Yoki tugmachani ikki marta bosib internetdan istalgan shahvoniy filmni tomosha qilishingiz ham mumkin. Hozir pornografiyani topish juda oson, debgina qo‘yish mavjud holatni tasvirlashga ojiz. Biz istasak ham istamasak ham bunday filmlar doim ko‘z o‘ngimizdadir. Hatto yosh bola ham oziq-ovqat do‘koniga onasi bilan kelib ularni ko‘rmasdan iloji yo‘q. Bugun biz Pornotopiya (Pornotopia) asrida yashamoqdamiz.

Pornotopiya asrida boshqa davr odamlari hech qachon bermaydigan oila va nikoh ahamiyatini shubha ostiga oladigan savollarni berishadi. Masalan, quyidagilar: Nega rafiq va rafiqa jinsiy hissiyotlaru shahvatini kuchaytirish uchun pornografiyadan foydalanishi mumkin emas? Yoxud uyqudan oldin ular birgalashib pornofilm ko‘rsalar bo‘lmaydimi? Axir bular “xayrli” ish uchun-ku, kamida buni er-xotin birga tomosha qilishadiku.

Bu g‘oya nafaqat noto‘g‘ri, balki ular quyidagi sabablarga ko‘ra mumkin ham emas:

* Er va xotin “bu ishni bir-biriga qilishmaydi”. * Bunday tomoshalar ularning ishqiy erkalatish/erkalanishlarini so‘ndiradi. * Aksincha, ularda bir-biriga bo‘lgan jinsiy mayllikni zaif qiladi. * Pornografiya lazzatni oshirishi mumkin bo‘lgan narsaga putur yetkazadi.

Keling, yuqoridagi to‘rt punktni navbatma-navbat ko‘rib chiqaylik.

Nega ular bularni birgalikda qilishmaydi?

Tasavvur qiling, uxlash vaqti keldi, kuyov va kelin pornografiya tomosha qilishmoqda. Kuyov kelinning o‘rniga kinodagi ayolni ko‘rib shahvati qo‘zg‘aydi, xirsi oshadi. Kelin esa kuyov o‘rniga kinodagi erkakni ko‘rib erkak kishi bilan qo‘shilish istagi kuchayadi. Keyin ular yotishadi va jinsiy aloqa qilishadi. Savol: ular aslida kim bilan jinsiy aloqada bo‘lishadi? Balki ular ayni vaqtda jinsiy aloqa qilishar, biroq ular bir-birlari bilan aloqada emasligi oydin. Kuyov o‘z xayolidagi o‘sha ayol bilan, kelin esa o‘z xayolotidagi erkak bilan... Xayolotdagi juftlari-sheriklari jismonan bu yerda bo‘lmasligi – bu ahamiyatsiz kichkina detaldir, xolos.

Kuyov va Kelin bir erkak va bir ayol fohishani taklif qilishsa, o‘shalar bilan “qizib” olib, so‘ngra bir-birlariga o‘girilishsa-yu va jinsiy aloqani tugatish uchungina qovushishsa, bu holatdan xabar topgan inson nafrat hissini jilovlashdan ojiz bo‘lib qolishi turgan gap. Eng achinarlisi shuki, Kuyov va Kelin aynan shu ish bilan band. Ular xayollaridagi boshqa odamlar ular bilan birga bo‘lmasa ham aynan ana o‘shalar bilan jinsiy aloqa qilmoqdalar.

Nega bunday filmlar ishqiy erkalanishlarni so‘ndiradi?

Ko‘p emas, 30 yilcha oldin “sevishganlar aloqasi” degan ibora sevishganlar orasida bo‘ladigan har qanday muammolar va muloqotni bildirar edi. Masalan, bir-birlarining qo‘llarini ushlash, ulkan-ulkan rejalar, sovg‘alar yoki oddiy shivirlashlar. Bu ibora sevishganlar bir-birlari uchun jon fido qilishga shay ekanligini anglatar edi. Zero, sevish – mashuq uchun har qanday qurbonga shay turish demakdir. Afsuski bugun biz “sevishganlar aloqasi” iborasi bilan faqat jinsiy qo‘shilishni tushunadigan bo‘lib qoldik. Bu esa adashtirib qo‘yadigan omil.

Albatta, jinsiy aloqalar muhabbat va sevgining bir ko‘rinishi bo‘lishi mumkin, biroq u muhabbat buzilishining sababi ham bo‘lishi mumkin. Er-xotinning jinsiy aloqalari sevishning bir ko‘rinishi deyshimizga sabab shuki, er o‘z ayolini qondirish uchun unga xizmat qilar ekan, qaysidir ma’noda xushi boshidan uchadi; ayol ham erini qondirar ekan shirin xayollaru hissiyotlar og‘ushiga cho‘madi. Pornografiyacha qovushayotgan juft esa biri boshqasi haqida emas, faqat o‘zining qonishi haqida qayg‘uradi. Kuyov kelinini “rafiqam” deb emas, balki anavi ayol deb bilgani uchun faqat o‘zini qoniqtiradi; Kelin esa kuyovini “kuyovim” deb bilmagani uchun u ham o‘zinigina qoniqtirish bilan ovora bo‘ladi. Bu muhabbat emas, balki turmush o‘rtog‘ining tanasidan foydalanib qilingan masturbatsiyadir.

Nega pornografiya ularda bir-biriga bo‘lgan jinsiy mayllikni zaif qiladi?

Shunday qilib, pornografiya tomosha qilish er-xotinning jinsiy xirsini oshirishga xizmat qilishi mumkinligi, lekin bu shahvat aslo bir-birlariga nisbatan emas ekanligi ayon bo‘ldi. Bir tomonda er va boshqa tomondan xotin aslida umuman begona birov bilan jinsiy aloqada bo‘ladilar. Bular hali muammoning bir qismi.

Ikkinchi qismi esa – pornografik xayolot o‘rganib qolishlik, bog‘liqlikni keltirib chiqaradi. Kuyovga bir nazar soling. Agar u aloqa asnosida kelinning o‘rnida  boshqa ayolni tasavvur qilsa, u o‘z xayolotlariga tobora bog‘lanib boradi va kelin unda shahvat uyg‘otmay qo‘yadi. Bundan tashqari uning xayoloti tezda o‘z kuchini yo‘qota boshlaydi. Uning shahvati qayta qo‘zishi uchun unga yana yangi xayolot kerak bo‘ladi. Avvalida boshqa bir ayolni o‘ylashi kifoya qiladi. Biroq bu xayolot juda qisqa vaqt ichida o‘z kuchini yo‘qotadi. Chunki xayol jonli odamning ta’siriga ega emasligi ma’lum fakt. Shuning uchun ham kuyovning xayoloti tez buzila (izvraщyeniye) boshlaydi.

Endi bu sho‘rpeshona nafaqat boshqa ayolni tasavvur qilishi kerak, balki boshqa xil ayolning boshqacha jinsiy aloqalarda ekanligini tasavvurida jonlantirishga majbur. Aks holda unda jinsiy shahvat uyg‘onmaydi. U nafaqat jinsiy aloqadan oldin, balki jinsiy aloqa vaqtida ham pornografiya ko‘rishni xohlashi mumkin. Bu yerda faqat xayolotlar bilan ish bitmasligi tayin. Endi u porno-xayolotlarini voqelikka o‘tishiga harakat qila boshlaydi.

Pornografiya qanday qilib lazzatni oshirishi mumkin bo‘lgan narsaga putur yetkaza oladi?

Ba’zan er va ayol o‘zlarining jinsiy munosabatlaridan qoniqmasligi oqibatida pornografiyaga murojaat qilishlari mumkin. Ular pornografiyadan muammolaridan xalos qilishini kutishadi. Ko‘rganimizdek, pornografiyaday illat er-xotin aloqalaridagi muammolarni yechishlari uchun lozim bo‘lgan va lazzatni oshiruvchi omillarga putur yetkazadi.

Jinsiy dilsiyohlik juda ko‘p sabablarning oqibatidir. Ehtimol, er-xotin jufti jinsiy aloqaga egoizm ruhida yondashayotgandir va berish o‘rniga faqat olishni xohlayotgandir. Ehtimol, ular pornografiyada ko‘rgan aloqalarni jinsiy hayotda ham kutgan yoki tasavvur qilgandirlar. Ehtimol, ularning biri kasaldir, xafadir yoki qarishdan qo‘rqayotgandir. Biroq aksar hollarda jinsiy dilsiyohlikka sabab ikki tarafning bir-biri ila sog‘lom aloqalar qura olmasligi bo‘lishi mumkin. Masalan, hayotiy tajribasi oz bo‘lganlar mudom janjal va xiyonat qilishlari yoki shunchaki o‘tirib gaplashib olish uchun vaqtlari bo‘lmasligi mumkin.

Allohning yorlaqashi ila bunday muammoga yo‘liqqan juftlar ularni yenga oladilar. Pornografiya esa bu muammolarni yecha olmaydi, balki yanada qiyinlashtirib yuboradi.

Abu Muslim Internet materillari asosida

Manba: Oilam.uz