Madaniyat

Qahvadan "mazali niqob"

Qahvani xush ko‘rsangiz, mana, sizga yana bir «mazali niqob». Qahvali niqobni tayyorlash uchun 1 osh qoshiq maydalangan qahva, 1 osh qoshiq yogurt va 1 choy qoshiq zaytun yog‘i kerak. Barcha masalliqlarni yaxshilab aralashtirib, yuz terisiga asta-sekin surting. 5 daqiqadan so‘ng avval iliq, so‘ngra sovuq suv bilan yuzingizni chaying. Mazkur niqobdan so‘ng yuz terisi tortilib, rangi tiniqlashadi.

Manba: Darakchi.uz