Salomatlik

Qandli diabetda oyoqlar parvarishi muhim!

Kun davomida jussamizni ko‘tarib yuradigan oyoqlarimizga qanchalar og‘irlik tushishinitasavvur qilish qiyin emasAytaylikoyoq kaftida qadoq yoki yoriqlar paydo bo‘lsaqanchalar azoblanamizSog‘lom odamlar bunday muammolarni oddiy qabul qilishadibiroq qandli diabetga chalinganlar uchun arzimagan zararlanish va infeksiyalar hamog‘ir asoratlarga olib kelishi mumkinAyniqsabu dardga qarshi uzoq yillardan berikurashib kelayotganlar va keksalarning oyoqlarida tomirlar zararlanibqon aylanishibuziladiUstiga-ustakqon tarkibida qand miqdorining ortiq bo‘lishi nerv uchlariniham zararlamay qo‘ymaydiOqibatda bemor bosimog‘riq va issiqlikni sezishimkoniyatidan ayriladiVaholankiog‘riq odam organizmi uchun juda zarurchunki uxavfdan ogoh etadiShuning uchun ham qandli diabet kasalligida oyoqlar parvarishiga alohida e’tibor qaratish talab etiladi.

Teri qurib qolmasin!

  • Har kuni oyoqlaringizni yaxshilab yuving, yaxshisi, bolalar sovunidan foydalaning. Suv haroratini o‘lchang (masalan, tirsak bilan).
  • Oyoqlaringiz suvda 5 daqiqadan ortiq turmasin.
  • Oyoq barmoqlari orasidagi teriga alohida e’tibor bering.
  • Oyoqlarni yumshoq sochiq bilan yaxshilab arting, tirnoqlaringizni juda qisqa qilib va burchaklarini aylana tarzda qirqmang.
  • Terining yumshoqligi, egiluvchanligini saqlash zarur. Chunki qon tomirlarining uzoq vaqt shikastlangan holda bo‘lishi terining juda qurib qolishi va osonlik bilan yorilishiga sabab bo‘lishi mumkin. Yaxshisi, namlovchi kremdan foydalaning.
  • Yaxshi yoritilgan joyda oynadan foydalangan holda oyoqlaringiz va ularning kaftini ko‘zdan kechiring. Barmoqlaringiz orasidagi teriga, teri qatlamidagi yoriqlarga, qirilgan, tirnalgan, qavariq joylarga, yaralarga, teri qatlami rangining o‘zgarishiga, harorat va ta’sirni sezish qobiliyatining o‘zgarishiga e’tibor bering.

Poyabzal qulay bo‘lsin!

  • Oyoqlaringiz tagini asrang, ko‘chada ham, uyda ham oyoqyalang yurmang. Tabiiy matolar (jun, paxta)dan tayyorlangan oq tusli paypoq kiyganingiz ma’qul. Paypoqning rezinasi oyoqni qismasligi kerak, aks holda oyoqlarda qon aylanishi buzilishi mumkin. Paypoqlarni har kuni almashtiring, oyoqni issiqlik asboblaridan uzoq saqlang.
  • Poyabzalni sinchiklab tanlang, u tegishli o‘lchamda va qulay bo‘lishi zarur. Orqa tarafi mustahkam, usti yumshoq, tumshug‘i keng yoki to‘rtburchak shakldagi, qalin amortizatsiya qiluvchi sport poyabzali yoki krossovka qiygan ma’qul. Ana shunday poyabzallarning aksariyatida olinadigan pataklari bo‘ladi, chunki bemor o‘ziga kerakli pataklar sonini o‘zi belgilashi zarur (masalan, oyoqlari shishganda).
  • Poyabzalni kiyishdan oldin uning ichi tekisligiga ishonch hosil qiling.

O‘zingizni o‘zingiz davolamang!

Qandli diabet kasalligida oyoq kaftlari ozgina shikastlansa ham uzoq vaqt bitmaydi va faol davolashni talab etadi. Bunday paytda yaralangan joyga yaxshilab kuchsiz antiseptik surting, so‘ng quruq mato bosing. Zelyonka yoki yod kabi antiseptiklardan foydalanish kerak emas. Chunki dorining rangi shifokorga yallig‘lanish darajasini yoki infeksiya bor-yo‘qligini aniqlash imkonini bermaydi.

So‘gal, qadoq yoki terining dag‘allashgan joylarini yo‘qotuvchi dorilardan foydalanmang. Agar yara 2-3 kun mobaynida bitmasa, podiatrist yoki keropodist kabi mutaxassislarga murojaat qiling. O‘zingizni o‘zingiz davolamang!

Ichish va chekish — eng katta dushman!

Ma’lumki, qandli diabetda mayda qon tomirlari zararlanadi, to‘qimalarning oziqlanishi va qon bilan ta’minlanishi buziladi. Xuddi shu buzilishlar insult, miokard infarkti, buyraklar va ko‘zlarda, oyoq-qo‘llarda jiddiy asoratlar rivojlanishi uchun zamin yaratadi. Sigareta chekish va spirtli ichimliklar iste’mol qilish ana shu asoratlarni yanada kuchaytiradi.

Spirtli ichimliklar tarkibidagi glyukoza qandli diabetga chalingan bemorga qo‘shimcha salbiy ta’sir ko‘rsatadi.

Manba: Darakchi.uz