Tarixchilar tomonidan «sokin» Yelizaveta II deb nom berilgan, Britaniya orollarining eng uzoq hukmronlik qilayotgan monarxi hayoti aslida sokinlikdan yiroq.
Qirolicha o‘z tavallud kunini yilda ikki marotaba -- aprel oyining 21 sanasida va iyun oyida nishonlaydi. Bu an’ana 1784 yildan beri amal qilib, Britaniya monarxlari o‘z tug‘ilgan kunlarini tug‘ilmagan kunlarida nishonlab keladilar. Buning yana bir sababi shundaki, London ob-havosi kutilmagan sovg‘alarga limmo-lim bo‘lib, tug‘ilgan kun tantanasini do‘stona ob-havo sharoitida o‘tkazilmasa, to‘y to‘ydek tatimasligi aniq.
Qirolicha ilk muhabbatini uchratgan paytda hali o‘smir qizcha edi va malika uzoq qarindoshini sevib qoladi.
Len Putnam tasviri
1957 yilda Taym jurnalida chop etilgan maqolaga ko‘ra, shahzoda Filip Yelizavetani bolaligida uchratgan edi. Ularning har ikkisi ham qirolicha Viktoriya va shahzoda Albertning avlodlari edi. 13 yoshli malika muhabbatdan Layliga aylanib ulgurgan edi. U o‘smirlik dunyosidan balog‘at yoshiga qadam qo‘yar ekan, yuragi ilk muhabbatidan o‘zga er yigit ko‘ngliga chopmadi va boqmadi. Ularning muhabbati davrning turli sinovlariga bardosh bera oldi, to‘fonlarni yengdi va 2007 yilda qirolicha va shahzoda Filip o‘z nikohlarining olmos yubileyini - 60 yilligini nishonladilar.
Qirolicha buvisiga yoqmagan nikoh sovg‘asi
[caption id="attachment_40058" align="alignnone" width="760"] Newspapers/Rex/Shutterstock[/caption]
Qirolichaga hukmronligi mobaynida yaguar qoplonlardan tortib, yalqov deb ataladigan jonzotlargacha, zarang daraxti tuplariyu 15 funtli qisqichbaqalarni ham hadya qilishdi. Sovg‘alar orasida 1947 yili nikoh sovg‘asi sifatida hadya etilgan bir sovg‘a qirolicha buvisi e’tiboridan chetda qolmaydi. BBCning o‘sha davrdagi qirollik muxbirlari so‘zlariga ko‘ra, Yelizaveta IIning buvisi, qirolicha Meriga Mahatma Gandining Yelizavetaga in’om tariqasida bergan qo‘lga taqiladigan jimjimador to‘r bezakni keksa qirolicha «didsiz» sovg‘a deb atagani ham bor gap. Ma’lum bo‘lishicha, qirolicha Meri hind rahnamosi sovg‘asini belga taqiladigan bezak deb o‘ylagan ekan.
Yelizaveta II Britaniya monarxiyasi tarixida eng uzoq hukmronlik qilayotgan qirolicha
2017 yilning 6 fevral sanasida Yelizaveta II Britaniya taxtida 65 yil hukmronlik qilgan monarx sifatida tarixga kirdi.Mazkur kunni nishonlash maqsadida qirolicha yurtida yangi tangalar zarb etildi, yangi pochta markalari va suratkash Devid Beyli tomonidan qirolichaning dadasi qirol Georg VI tomonidan 1947 yilda sovg‘a qilingan qimmatbaho toshlar bilan bezatilgan feruza rangdagi maxsus kiyim kiygan holatda suratga olingan qirolicha portreti chop etildi, mushakbozlik uyushtirildi.
Qirolicha taxalluslari
Jef Puy tasvirga olgan
Yelizaveta bolaligida uning oila a’zolari bo‘lg‘usi qirolichani «Lilibet» deb chaqirar. Chunki kichik qizaloq hali o‘z ismini yaxshi talaffuz qila olmasdi. Uning turmush o‘rtog‘i, Edinburg gersogi Yelizavetani «karamoy» (Cabbage) deb atardi. Kembrij gersoginyasi shahzoda Georgning onasi Keyt Midlton o‘tgan yili BBCga bergan intervyusida ikki yarim yoshli shahzoda Georg katta buvasini «Gan Gan» deb atashi haqida ma’lumot bergan edi. Va nihoyat qirolicha amakisi bo‘lmish Edvard jiyaniga o‘z xatida beo‘xshov bo‘lsa-da, «Shirli ibodatxonasi» deb murojaat qilgan edi. Aftidan bunday taxallus zamirida qirolicha tana tuzilishining jussasi kichik, pakana ekanligi va qo‘ng‘ir sochlariga ishora bor. Qirolichaning to‘liq ismi sharifi Yelizaveta Aleksandra Meridir. Ikkinchi jahon urushi davrlarida hali hamon o‘tmish davrlaridagidek o‘rta ismga ikki nom berish an’anasi urfdan chiqmagan edi. Bu an’anani bugungi kunda Britaniyada tug‘ilayotgan chaqaloqlar ismlarining 10 foizida ham uchratish mumkin.
Qirolicha Yelizaveta, shuningdek, butun hukmronligi davomida biror marta ham jurnalistlarga intervyu bermagan monarx sifatida tarixda qolmoqda.
[caption id="attachment_40060" align="alignnone" width="760"] Shutterstock[/caption]
Tarixchi Devid Starki tomonidan «kamsuqum» deb nomlangan qirolicha hozirgacha hech bir OAV vakillariga matbuot anjumanida intervyu bermagan. Aytishlaricha, u o‘z siyosiy qarashlarining jamoatchilik e’tiboridan chetda qolishidan xursand. Dailymail.com nashri e’tiroficha, bugungi internet rivojlangan, taniqli shaxslar o‘z ichki olamlarini jamoatchilik e’tiboriga sochayotgan bir paytda, qirolicha sirli ayolligicha qolayotganini ahamiyatga molik. “Biznes Insayder” nashriga ko‘ra, Britaniya Tashqi Ishlar vazirligining xohishi ham Prezident Tramp tashrifi arafasida bunday vaziyat maqsadga muvofiq, chunki qirolicha siyosiy e’tirozlar keltirib chiqaradigan holatlarga befarq bo‘lishni istaydi.
Ikkinchi jahon urushida qatnashgan qirolicha
Malikalarga xos bo‘lgan bejirim gullar bilan bezatilgan kiyim kiyishdan oldin qirolicha harbiy uniforma kiyganligi ham haqiqat. Dadasi qiziga harbiy xizmatni o‘tashida izn berishga ikkilanib turadi va alal oqibat Ayolar Hududiy harbiy yordam xizmati qismiga qo‘shilishiga ruxsat beradi. Harbiy xizmat davomida qirolicha yuk mashinasini haydaydi, London ko‘chalari havo kuchlari tomonidan o‘qqa tutilgan paytda yaradorlarga yordam beradi, London ko‘chalarini xarobalardan tozalash ishlarida faol ishtirok etadi.Uning bu xizmati ham tahsinga sazovor. Shu bilan birga Yelizaveta II Ikkinchi Jahon urushida qatnashgan hayot bo‘lgan yagona davlat rahbari maqomini ham saqlab kelmoqda. Hamda qirollik oilasida harbiy xizmatni o‘tagan yagona ayol hamdir.
Express nashriga ko‘ra, qirolicha Yelizaveta IIning haydovchilik guvohnomasi yo‘q bo‘lsa-da, u mashina hayday olish huquqiga ega, sababi mamlakatdagi barcha haydovchilik guvohnomalari qirolicha nomidan egalariga topshiriladi. Qirolicha hayoti davomida 100dan ortiq mamlakatlarga 250dan ziyod safar uyushtirgan bo‘lsa-da, uning fuqarolik pasporti mavjud emas. Sababi esa oddiy: Britaniya fuqarolariga passport qirolicha nomidan topshiriladi. Garchi Yelizaveta ikkinchi har qanday soliqdan ozod etilgan bo‘lsa-da, u daromad soliqlarini ixtiyoriylik asosida to‘lab boradi.
Readers Digest jurnali manbalari asosida Jahongir Ergashev tayyorladi