Bu qisqa mashqlar sizga ortiqcha vazndan tezroq qutulishga va qorin mushaklarini mustahkamlashga yordam beradi.
Har bir qiz xipcha bel va tep-tekis qorin haqida orzu qiladi. Bunga erishish uchun ikki yo‘nalishda ishlash kerak:
- Ortiqcha yog‘dan qutulish.
- Qorin mushaklarini, shu jumladan ichkarida joylashgan mushaklarni ham mustahkamlash.
E’tiboringizga taqdim qilinayotgan mashqlar sizga ko‘proq kaloriya sarf qilishga, metabolizmni tezlashtirishga va mushaklarni chiniqtirishga yordam beradi.
Arqonda sakrash yugurishga qaraganda kaloriyani ko‘proq yo‘qotishga yordam beradi va tananing markaziy qismi, oyoq va qo‘l mushaklariga ta’sir o‘tkazadi. Agar siz arqonda sakrashni yoqtirmasangiz, unda byorpida sakrashga almashtirishingiz mumkin. Bu mashq ham undan kam kaloriya sarf qilmaydi va ko‘krak, qo‘llar mushaklarini yaxshi ishlatishga yordam beradi.
O‘tirib-turish. Bu bazaga oid ko‘p bo‘g‘imli mashq bo‘lib, dumbalar va son mushaklariga ta’sir ko‘rsatadi. Mushaklarga yetarlicha yuklamalarni ta’minlash va ko‘proq kaloriya ketkazish uchun gantel bilan o‘tirib-turish mashqini bajaring.
Planka. Plankani ushlab turish vaqtida tananing markaziy qismi, oyoqlar va qo‘llar mushaklari ishga tushadi. Siz bir vaqtning o‘zida ham kaloriya sarflaysiz va ham qorin mushaklarini chiniqtirasiz, bu esa birinchi mashg‘ulotlardan keyinoq qorinning tekisligini ta’minlaydi.
«Vakuum» mashqi qorinning ko‘ndalang mushaklarini chiniqtirishga yordam beradi. Shug‘ullanmagan odamlarda bu mushaklar o‘z tonusini yo‘qotadi. Shu sababdan qorin devorlari cho‘ziladi va qorinning hajmi kattalashadi. «Vakuum» mushaklarni tonusga keltirishga yordam beradi va bu mashqlardan keyin yog‘li qatlamlar yo‘qolishidan oldin qorin kichraya boshlaydi.
Bu mashqlarni muntazam ravishda bajaring, ovqatlanishga e’tibor bering va siz tez kunlar ichida birinchi natijalarni ko‘ra boshlaysiz.
Manba: Daryo.uz