Salomatlik

Qorningiz og‘risa, anor sharbati iching!

Astma, ateroskleroz, kamqonlik, immunitet pasayishi, qorin og‘riqlari, yurak-qon tomir hamda ichaklar faoliyati buzilishida, ich ketish kabi holatlarda anor mevasi va undan tayyorlanadigan sharbatlar tavsiya etiladi.

Retsept:

  • Gijjalarni tushirishda: 50 gr. anor po‘stlog‘ini 2 stakan sovuq suv bilan aralashtirib, o‘rta olovda qaynatiladi. Damlama tayyor bo‘lish jarayonida suv ikki baravar kamayishi kerak. So‘ng dokadan o‘tkazib, iliq holatda 1 soat davomida oz-ozdan ichiladi. Suyuqlik qabul qilingach, surgi dori tavsiya etiladi.
  • Diareyada: ich ketishi, qorin sohasidagi og‘riqlarda anor po‘stini maydalab, kuniga 3 mahal ovqatlanishdan keyin 1 choy qoshiqdan ichiladi. Kichik yoshdagi bolalar uchun esa anor sharbatini teng miqdorda qaynagan suv bilan aralashtirib beriladi. Diareyani keltirib chiqaruvchi infeksiya tayoqchalari anor po‘sti tarkibidagi moddalar tufayli o‘z ta’sirini yo‘qotadi.
  • Milklar shamollashi, yumshashida: anorning mevasi iste’mol qilinib, po‘stlog‘i ozroq suvda qaynatiladi. Damlama bilan og‘iz bo‘shlig‘i chayilganda milklar mustahkamlanadi. Biroq bu muolajani muntazam takrorlash mumkin emas, aks holda tish emaliga ta’sir etishi mumkin.
  • Teri jarohatlarida: quritib maydalangan anor po‘stlog‘idan teri jarohatlarida, kuyganda, ochiq yaralarda foydalanish mumkin. Bunda jarohat yuzasi anor sharbati bilan artilib, so‘ng maydalangan po‘stlog‘ining kukuni sepiladi. Bu malham ochiq turdagi jarohatlar uchun mo‘ljallangan bo‘lib, teri bitishini tezlashtiradi.

Kimlarga mumkin emas?

Anor sharbatini doim suv bilan aralashtirib iste’mol qilish lozim. Anordan tayyorlanadigan malhamlar o‘tkir nefrit, gepatit, pankreatit, oshqozon yaralarida tavsiya etilmaydi.

Manba: Darakchi.uz