Rio–2016 Olimpiada o‘yinlarining tayanib sakrash bahslarida O‘zbekiston sharafini tajribali gimnastikachi Oksana Chusovitina himoya qildi, deb Darakchi.uz yozmoqda.
Final bosqichida 8 ishtirokchi orasida 14,833 ball to‘plagan Oksana 7-o‘rinni egalladi va o‘zining yettinchi Olimpiadasida munosib ishtirok etdi. 41 yoshli sportchi uchun bu yomon natija emas.
Birinchi o‘rin AQSh vakilasi Simona Baylsga nasib etgan bo‘lsa, keyingi o‘rinni rossiyalik Mariya Paseka band etdi. Kuchli uchlikdan shveysariyalik Juliya Stayingruber joy oldi.