Bilasizmi?

"Sedana oq sochlarni qoraytirarmish?!"

-Menga soch oqarishi va tanadagi har xil dog‘larga qarshi sedana iste’mol qilishni ko‘pchilik tavsiya qilayapti. Ayni paytda safardaman, bu yerda qora sedana sotilmas ekan, faqat oq sedana bor ekan. Oq sedanani ham iste’mol qilsam bo‘ladimi?

Said Usmonov

-Siz nimaga asoslanib, ko‘pchilikning tavsiyasini jiddiy qabul qilayapsiz? Axir ular mutaxassis emas-ku! Avvalo, salomatlik borasida juda ehtiyotkorlik bilan ish tutishingizni maslahat berardik. Endi savolingizga to‘xtalsak, sedana urug‘i dog‘larni ketkazmaydi, sochlarni ham qoraytirmadi. Sedana shifobaxshlik xususiyatiga ko‘ra, keraksiz xiltlarni tashqariga haydashga tayyorlaydi, organizmni ulardan tozalaydi.

Manba: «Sug'diyona» gazetasi