Salomatlik

Shifo maslahat: “ertalab burnim bitib qoladi..."

— Ko‘pincha ertalab burnim bitib qolganidan nafas olishga qiynalib uyg‘onib ketaman. Lekin shamollamaganman. Nega shunday bo‘ladi, hayronman. Mazkur holatning sababini tushuntirib berolasizmi?

Akrom Yo‘lchiyev, Samarqand viloyati

Timur MADAZIMOV, shifokor otolaringolog:

— Agar shamollamagan bo‘lsangiz, burun bitib qolishi burun to‘sig‘ining qiyshiqligi, ya’ni anotomik o‘zgarishlar hisobiga yuz berayotgan bo‘lishi mumkin. Shu bilan birga, surunkali rinitda ham burun bitishi kuzatiladi. Burun tomchilari (yoki spreylar)dan uzoq vaqt foydalanganda ham burun a’zosida bezovtalik kelib chiqadi. Chunki mazkur preparatlar burun bo‘shlig‘ini qurutib yuboradi. Ertalab burun bitishi tez-tez sodir bo‘layotgan bo‘lsa, albatta shifokorga ko‘rining. Muammoning sababi aniqlangach, shunga ko‘ra davo choralari ko‘riladi.

Manba:Darakchi.uz