Salomatlik

Shifo maslahat: “korsetlardan naf bormi?"

— Bel og‘rig‘iga qarshi belga taqiladigan korsetlarni tavsiya etishadi, ammo ular naqadar ishonchli? Bezovtalik o‘tib ketgunicha foydalansam, keyin o‘rganish hissi paydo bo‘lmaydimi?

Saodat Jalilova, Toshkent viloyati

Nodira HAMROYeVA, terapevt:

— Agar davolovchi shifokoringiz bel uchun korsetlarni tavsiya qilgan bo‘lsa, foydalanib ko‘rishingiz mumkin. Korsetlarning asosiy vazifasi og‘riqni yengillashtirishda yordam berish hamda tanani tik tuta bilishni ta’minlashdir. Muntazam foydalanilganida ko‘nikish hissini paydo qilmasligi va ko‘makchi davo choralaridan biri ekanligi bilan korsetlar ortiqcha izohga hojat qoldirmaydi.

Manba: Darakchi.uz