- Qish-kuz mavsumida sovuq havo, shamol, qor, izg‘irin ta’sirida kaftning yuzasi qurib, yorila boshlaydi. Bunday tipik іolatlarda qo‘lni vaqtincha sovun bilan yuvishni bas qilib, glitserinli iliq suv (1 litr suvga 0,5 stakan glitserin solib) ishlating.
- Sovuq paytlarda qo‘lni suvga ko‘p urmaslik uchun ba’zi uy yumushlari uchun rezina qo‘lqoplar tayyorlab qo‘ying. Ko‘cha-ko‘yda esa albatta qo‘lqop kiyishni unutmang.
- Sumkangizga qo‘llar uchun mo‘ljallangan oziqlantiruvchi kremlarni solib qo‘ying. Darvoqe, qishda kremni surtib, darrov tashqariga chiqilmaydi, bu qo‘lning shamollashiga olib kelishi mumkin. Ish joyingizda esa qulay fursat topib, qo‘llaringizni oziqlantirib, yumshatishga harakat qiling.
- Qo‘l parvarishida haftasiga 1-2 marta turli vannalar qilish ham samarali. Moychechak, kalendula, qariqiz (chereda) damlamalari yoriqlar bitishida, shamollashni bartaraf etishda foydali xususiyatlarga ega.
- 1 dona tuxum sarig‘iga 1 osh qoshiq asal va 1 choy qoshiq tolqon soling. Tayyor bo‘lgan niqobni qo‘lga qalin qilib surtib, ustidan paxta mato yoki qo‘lqop kiying. 20 daqiqadan so‘ng glitserinli suv bilan yuvib, oziqlantiruvchi krem surting.
Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi