Salomatlik

Tabobat: Yurakka quvvat beramiz!

Yurakning sog‘­lom faoliyat yuritishida den­giz mah­su­lotlari aso­siy o‘rin tutadi. Ayniqsa, baliqda to‘yinmagan omega-3 yog‘ kis­lotalari mavjud. Go‘sht mahsulotlari tarkibidagi to‘yingan yog‘ kislotalaridan ko‘ra, to‘yinmagan yog‘ kislotalari organizm uchun foydali.

Chunki bu moddalar yurak tomirlari xastaliklariga chalinish xavfini kamaytiradi. Qon bosimi me’yorda bo‘lishini istagan insonlar kundalik taomnomaga albatta birorta yormani kiritgani ma’qul. Zaytun moyi salatlarga qo‘shiladigan va eng foydali o‘simlik yog‘i hisoblanadi. Bu yog‘ tabiiy antioksidantlarga boy. Shuningdek, uning tarkibida yog‘da eruvchi A va Ye vitaminlari mavjud.

Yana zaytun moyi tarkibidagi yog‘ kislotalari organizmdagi ortiqcha xolesterinning chiqib ketishiga ko‘maklashadi. Bu esa o‘z nav­batida ateroskleroz (yog‘simon modda (lipoid)lar almashinuvi buzilib, ularning arteriya ichki qavatida to‘planishi va biriktiruvchi to‘qimaning o‘sib ketishi natijasida kelib chiqadigan surunkali kasallik)-ning oldini oladi. Ammo zaytun moyi yuqori kaloriyali bo‘lganligi sababli uni bir kunda bir osh qoshiqdan ziyod iste’mol qilmagan ma’qul.

Manba: Darakchi.uz