Madaniyat

Terini oqartirish va oftobda toblanish usullari

Quyoshda qo‘lyelka va badan terisinito‘g‘ri toblash va aksinchakuygan terini qandayqilib asl holiga keltirish kerakligini bilish istagida bo‘lsangizdiqqat qilingSinalgan usullar faqat bizda!

Kerak bo‘ladikartoshkasutqatiqbodringkremlarmoychechak damlamasiko‘k choydoka

Teri qizarishida

Teri qavati qizarib, achishishni boshlasa, quyidagi usulni sinab ko‘ring: sut yoki suyuq qatiqqa ikki qavat dokani namlab, zararlangan teriga qo‘ying. Kompress qurib qolmasidan uni alishtirib turing. Muolajani achishish hissi tarqaguncha bajarish kerak. So‘ng teri yuzasini yengil artib, tarkibida aloe sharbati bor kunduzgi oziqlantiruvchi kremdan yupqa qilib surting.

Sutdek oppoq bo‘lganga nima yetsin?!

1-2 ta bodringni mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazib, uni 2-3 osh qoshiq spirt bilan aralashtiring. Ushbu massa 2-3 soat salqin joyda turgach, qoraygan teri yuzasiga aylanma harakatlar yordamida surting. So‘ng iliq suvda yengil chaying. Bu usulni 2-3 kunda bir marta takrorlab tursangiz, qoraygan teri asl holiga qaytadi.

Rang-baranglikdan xalos bo‘lish

Agar quyosh jaziramasi ta’sirida yelka va qo‘llaringiz yuz terisi rangidan farqli bo‘lib qolsa, mana bu tavsiya asqotishi mumkin: 2 osh qoshiq tvorogga 1 dona tuxum sarig‘i va 2-3 tomchi vodorod pereksidini aralashtiring. Niqobni yelka va qo‘lga surtib, 15 daqiqaga qoldiring. So‘ng iliq suvda chaying. Muolajani 2-3 kunda bir marta bajarish kifoya.

Teringiz quruqmi?

Unda quyoshda qoraygan joylarni oqartirish uchun quyidagi usulga murojaat qiling: 1 osh qoshiq qirg‘ichdan o‘tkazilgan bodringni 2-3 tomchi borat kislotasi bilan aralashtirib, 2-3 daqiqaga qaynoq suv bug‘ida ushlang. So‘ng qoraygan teri sohasiga asta surtib, 15 daqiqaga qoldiring. Bu usul yordamida teri ranggi me’yoriy holatini tiklaydi. Muolajani bir haftada 1-2 marta bajarish mumkin.

Qanday toblanish kerak?

Ko‘chaga chiqishdan avval “SPF” tarkibli kremni tananing barcha qismiga yengil surtib, 15 daqiqadan so‘ng istalgan manzilga yo‘l olishingiz mumkin. Yoz mavsumining iyul-avgut oylariuchun mazkur kremlarning “30-50+” turlari tavsiya etiladi. Quyoshdan himoyalovchi kremni ko‘chada bo‘lgan vaqtingiz bir kunda ikki marta surtish maqsadga muvofiqdir. Ana shunda quyosh nurining ta’siri teriga ziyon yetkazmay, u bir tekisda toblanadi.

Shokoladrang terini istaganlar...

Hozirgi kunda teriga xiyol toblanganlik ko‘rinishini berish uchun maxsus kremlar sotilmoqda. Ana shu kremlar ko‘chaga chiqishdan avval badanning barcha ochiq sohasiga tekis surtiladi. Bordi-yu, bunday krem bo‘lmasa, achchiq damlangan qora seylon choyini paxtaga namlab, teriga surtish orqali ham toblangandek rang hosil qilish mumkin. Yana bir usul: tarkibida bodring yoki moychechak mavjud bo‘lgan kunduzgi kremga to‘q rangli yog‘upa aralashtirib, badanga surtiladi. Bu ham toblanganlik ko‘rinishini beradi.

Sayohatga chiqsangiz...

Suv havzalari yoki dam olish maskanlarida toblanish uchun mo‘ljallangan kremni har gal suvdan chiqqach, qayta surtib turish kerak. Agar teringiz ta’sirchan bo‘lib, yuza qavati shilina boshlasa, uni aslo olib tashlamang. Quyoshda toblanish uchun avval 10-15 daqiqa so‘ng 30 daqiqa, keyinroq esa 1,5 soat vaqt yetarli sanaladi.

Qichishishpaydo bo‘ldimi?

Odatda, oftobda kuygan teri yuzasi qichisha boshlaydi. Bunday paytda 2 osh qoshiq moychechak gulini 1 litr qaynagan suvga damlab, biroz sovutish kerak. Damlama iligach, dokani namlab, qichishayotgan teri yuzasiga kompress qilinadi. Muolaja kunora bajarilsa, teridagi bezovtaliklar kamayib, uning me’yoriy holati tiklanadi.

Yodda tuting!

Tarkibi vitamin, oziqlantiruvchi qo‘shimcha va gormonlardan iborat bo‘lgan kremlarni dam olish maskanlari hamda quyosh tig‘ida yurgan vaqtingiz surtmaslik kerak. Shuningdek, turli xil moylar ham bundan mustasno emas. Ayniqsa, quruq teri sohibalari ko‘chaga otlanayotganda badan terisiga moy surtishlari mumkin emas. Aks holda pigment dog‘larga moyillik yuzaga kelishi mumkin.

Manba: Darakchi.uz