Ko‘pchilik odamlar qo‘ltiq sohalarida har doim beixtiyor ravishda ho‘l dog‘lar paydo bo‘lishidan o‘zlarini noqulay va qat’iyatsiz sezadi.
Biz bu masalani tushunib olishga va sizga haddan tashqari ko‘p terlash qanday sabablarga ko‘ra sodir bo‘lishi, unga qarshi qanday kurashish mumkinligi haqida aytib berishga qaror qildik.
-
Stress
Stressning yana bir kamchiligi — haddan tashqari ko‘p terlash va noxush hid. Ter va noxush hidga qarshi kurashuvchi eng oddiy vosita — bu faqat ertalab ishga ketishdan oldin emas, balki tunda uxlashdan oldin toza va quruq qo‘ltiqqa suriladigan antiperspirant. Antiperspirantga aynan kechasi ter ajratuvchi bezlarni bekitish va terlashni to‘xtatish osonroq bo‘ladi.
-
Baxt
Terlashning quvonch yoki qo‘rquv onlarida ham o‘ziga xos xususiyatlari bo‘ladi — his qilinayotgan tuyg‘uga bog‘liq ravishda hid o‘zgarishi mumkin.
O‘tkazilgan tajribalar natijalariga ko‘ra, terlash vaqtida o‘zlarini baxtli his qilgan ayollar qo‘rqinch his qilgan ayollardan farqli ravishda, yoqimsiz hid bilan bog‘liq hech qanday muammo sezmadilar.
Shuning uchun faqat xursand bo‘lib va kulib yuring, shundagina sizda terlash bilan bog‘liq hech qanday muammo bo‘lmaydi.
-
Shakarning pastligi
Agar organizmda shakar bilan bog‘liq muammolar bo‘lsa, unda boshning orqa tomoni va peshana sohasi terlaydi. Agar siz ko‘proq kuch sarf qilgan bo‘lsangiz, shakar miqdorini oshirish juda oson. Buning uchun biron-nima yeyish yoki ichish kerak.
Qandli diabet holatlarida esa eng yaxshi dezodorant — bu terlashni emas, balki hidni bartaraf qilish.
-
Haddan tashqari ko‘p suv ichish
Ko‘p suv ichish foydali odat bo‘lsa ham, uning yomon tomoni — tuzli ter chiqishi. Shuning uchun siz bir kunda 2 litrdan ko‘p suv ichmasligingiz kerak. Tarkibida natriy bo‘lgan oziq-ovqatlarni ko‘proq, tuzni esa kamroq iste’mol qilishingiz lozim.
Manba: Daryo.uz