Mushuk ichagi Toxoplasma gondiining yashash makonidir. Ushbu o‘ta kichik organizm birhujayrali hisoblanadi, biroq hayvonlar olamiga mansub. Bakteriyaga nisbatan genetik material unda ancha murakkabroq joylashtirilgan. Bundan tashqari, toksoplazma ancha “mazmunga boy” va qiziqarli hayot kechiradi.
Toksoplazma mushuklarning ichagida ko‘payadi. Mushuk toksoplazmaning xo‘jayini hisoblanadi, qolgan barcha hayvonlar esa unga tomon harakatlanishda taksi rolini o‘ynaydigan oraliq ega hisoblanadi.
Mushuk toksoplazmozni hayotida bir marotaba yuqtirishi mumkin. Va shu davrda u biz uchun ayniqsa xavfli hisoblanadi. Katta mushuk, odatda, toksoplazmozni boshdan kechirib bo‘lgan bo‘ladi hamda u uchun kasallikni qayta boshdan kechirish xavfi yo‘q.
Yuqqandan keyin toksoplazma mushuk organizmidan axlat bilan ajraladi va ikki kundan so‘ng yana yangi xo‘jayinning organizmiga joylashishga tayyor bo‘ladi.
Agar so‘nggi xo‘jayinni uchratish imkoniyati bo‘lmasa-yu, mushuk axlatini sutemizuvchi hisoblanmish uning xo‘jayini tozalasa, toksoplazma bunday variantga ham rozi bo‘ladi. Toksoplazmalar yangi xo‘jayinni kutib mushuk axlatida o‘z faolligini besh yilgacha saqlashi mumkin. Bu, albatta, mushukning egasi yoki bir tasodifiy mushuk bo‘lishi shart emas, bog‘, egat oralab izg‘ib yurgan boshqa hayvonlar ham to‘g‘ri kelaveradi. Toksoplazmani orttirib olishning asosiy “imkoniyati” – xom mahsulotlarni iste’mol qilish.
Toksoplazma yuqtirib olishning uch usuli mavjud:
- Yuvilmagan meva va sabzavotlarni, shuningdek yetarli darajada termik ishlov berilmagan go‘shtni iste’mol qilish.
- Go‘sht kombinati xodimlarining qoni, qon quyish yoki organlarni ko‘chirib o‘tkazish orqali yuqtirish. Ayniqsa, bu yuqori virulent shtammlarga (odam uchun eng xavfli bo‘lgan qo‘zg‘atuvchi turlari) taalluqlidir.
- Homiladorlik davrida toksoplazmaning yo‘ldosh orqali kirishi hisobiga homilaning birlamchi infeksiyalanishi.
Toksoplazmoz bilan zararlanish ehtimoli xuddi keksayish kabi yuqori. Aholining taxminan uchdan biri toksoplazma tashuvchisi hisoblanadi. Toxoplasma gondiiparazit hisoblanadi, sababi u kichik yer bo‘lagida yashamaydi hamda o‘simliklar va suvga zarar keltirmaydi, balki yashash uchun boshqa tirik mavjudotlardan foydalanadi. Biz, insonlar, ko‘rsatilgan xizmatlar evaziga hech narsa berishni istamaydiganlarni, bundan tashqari, ziyon keltirish qobiliyatiga ega bo‘lganlarni parazit deb ataymiz. (Masalan, atrof-muhit va ekologiya resurslaridan foydalanish jarayonida unga talafot yetkazuvchi zamonaviy inson.)
Toksoplazma homilador ayol organizmiga tushsa, ayniqsa xavfli hisoblanadi.
Katta sog‘lom insonlarga toksoplazma kuchli zarar yetkazishga qodir emas. Kimdir gripp yoki O‘RVI alomatlarini sezadi, kimdirda hech qanday belgilar kuzatilmaydi. O‘tkir faza tugaganidan keyin toksoplazmalar to‘qimalarimizga joylashib olib uyquga ketadilar. Endi ular biz bilan bir umrga qolishadi, lekin, odatda, ular tinch xonadon ijarachilaridir. Bu holat toki ularni qayta yuqtirib olmagunimizgacha davom etadi, allaqachon yuqtirganligimizga qaramay.
Toksoplazmoz bilan homilador ayol kasallansa, vaziyat jiddiylashadi. Qo‘zg‘atuvchi qon oqimi bo‘ylab homilaga yetib borishi mumkin. Immun tizimi u bilan hali tanish emas va shu bois tezkor ta’sir choralarini ko‘ra olmaydi. Bu kamdan-kam sodir bo‘ladi, ammo sodir bo‘lsa, homiladorlik asoratlar bilan kechishi va hatto homila tushib qolishi bilan tugashi mumkin. Agar infeksiya uning erta bosqichlarida aniqlansa, ehtimol, dori-darmonlar yordam beradi. Odatda, toksoplazmozga antitana uchun tekshiruv (TORCH-infeksiyalarga tahlil) homiladorlikning 1–10 haftalarida topshiriladi. Agar akusher-ginekolog: “Sizda mushuk bormi?”, degan g‘alati savol bersa, – buni ma’nosiz suhbat sifatida qabul qilmang. Shifokoringiz haqiqatan juda muhim narsalarni aniqlashtirayotir.
Toksoplazmaning mavjudligi – har kuni mushuklar hojatxonasi gigiyenasi bilan shug‘ullanishga qo‘shimcha sababdir.
Homilador ayollarga mushuklarining tualet buyumlarini tozalash qat’iyan man etiladi!
Xom go‘shtni kesib ajratish ham homiladorlik davrida tavsiya etilmaydi, sabzavot va mevalarni esa yaxshilab yuvish kerak. Toksoplazmani tashib yuruvchi boshqa odamlar inson uchun zararli hisoblanmaydi. Faqat yangi infeksiyalangan mushuk ichagidagi namunalar xavf tug‘diradi. Toksoplazmalar atrofimizdagi buyumlarda va hatto hayvon egasining qo‘llarida ham bo‘lishi mumkin.
Toksoplazma bilan kasallanishning oldini olaman desangiz, oltin qoidaga rioya qiling – qo‘llaringizni tez-tez sovun bilan yuving.
Shunisi quvonarliki, biz kasallik yuqtirishning ayrim xatarlarini nazorat ostida ushlashimiz mumkin. Ba’zan buning uchun juda kam kuch talab qilinadi: mushuk axlatining o‘z vaqtida tozalanishi, yaxshilab qovurilgan go‘sht hamda tozalab yuvilgan sabzavot va mevalarni iste’mol qilish.
Manba: Homiladorlik.uz