Salomatlik

Tomoq og‘rig‘ining 6 ta xalqona davosi

Tuz va soda

1 stakan iliq suvga 1 choy qoshiq yirik tuz va yarim choy qoshiq iste’mol sodasi aralashtiring. Ertalab uyqudan turgach, hech nima yemay-ichmay turib, tomog‘ingizni shu aralashma bilan chaying.

Sut va sarimsoq piyoz

Bir necha bo‘lak sarimsoq piyozni maydalab, bir stakan sutga aralashtiring. Aralashmani qaynatib, sovuting. Kuniga bir necha marta 1 osh qoshiqdan qabul qilinadi.

Limon va asal

Bitta limonni parrak qilib to‘g‘rab, ustidan 1 choy qoshiq asal quying. Kun davomida shu limonni yeb tugatish kerak.

Sut va piyoz

1 stakan sutni qaynating. O‘rtacha kattalikdagi 1 bosh piyozni mayda tishli qirg‘ichdan o‘tkazib, ustidan qaynoq sut quying-da, yaxshilab aralashtiring. 10 daqiqa tindirib qo‘yib, yarim soat ichida iliq holdagi aralashmani ichib tugatish lozim.

Tog‘rayhon (jambil)

3-4 tomchi jambil moyini (dorixonalarda sotiladi) bir stakan iliq suv yoki sutga tomizing. Har kuni 3 mahal ichib turiladi.

Tuxum

Bitta tuxumni ko‘pirtirib, ustiga 2 stakan iliq sut, 1 choy qoshiq asal va yana shuncha sariyog‘ qo‘shing. Hammasini yaxshilab aralashtirib, tungi uyqudan oldin ichiladi.

Manba: «SUG‘DIYONA» gazetasi