Biz sizning e’tiboringizga tayyorlash juda oson bo‘lgan, ta’mi esa haqiqiy Twix’dan ham mazali bo‘lgan shokolad retseptini havola qilmoqchimiz. Albatta tayyorlab ko‘ring!
Kerakli masalliqlar:
- 400 g sariyog‘
- 2 stakan un
- yarim stakan shakar
- 2 banka quyultirilgan sut
- 300 g sutli shokolad
Tayyorlanishi:
- Sariyog‘ (karamelli aralashma uchun biroz qismini qoldiring), un va shakarni blenderda aralashtiramiz.
- Xamir uvalanuvchan chiqadi. Uni to‘g‘ri burchakli formaga joylashtiring, shibbalang, 180 darajagacha qizdirilgan duxovkaga qo‘ying. 20 daqiqa davomida pishiring.
- Chuqur tovada karamelli aralashmani tayyorlaymiz. Buning uchun uning ichiga qolgan sariyog‘ni va 2 banka quyultirilgan sutni soling, o‘rtacha olovga qo‘ying va karamelli massa holatiga kelguncha qaynating. Bunga 20 daqiqaga yaqin vaqt ketadi.
- Tayyor bo‘lgan korjlar ustiga karamelli aralashmani joylashtiramiz, tekislaymiz
- Oxirgi ishimiz shokoladni tayyorlash bo‘ladi. Uni suvli hammomda eritamiz. Keyin bu shokoladni karamelli massa solingan korj ustiga quyamiz, yana tekislaymiz.
- Uni sovutgichga qo‘yamiz va yaxshi soviguncha kutamiz. Xohlagan shaklda qilib kesamiz va dasturxonga tortamiz.
Yoqimli ishtaha!
Manba: Daryo.uz