Bilasizmi?

Xorijiy OTMdan o‘qishni O‘zbekistonga ko‘chirmoqchi bo‘lganlar uchun maxsus test qachon o‘tkazilishi ma’lum

O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalariga o‘qishga qabul qilish bo‘yicha Davlat komissiyasining majlisi bo‘lib o‘tdi. Majlisga bosh vazir, Davlat komissiyasining raisi Abdulla Aripov raislik qildi, deb yozadi Kun.uz.

Majlisda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (I.Madjidov) Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolar respublika oliy ta’lim muassasalarida ta’lim oladigan o‘qitish tili, muayyan ta’lim yo‘nalishidagi o‘qishga kirish fanlari bo‘yicha maxsus (online) test sinovlari joriy yilning 24-25 avgust kunlari o‘tkazilishini tashkil etishi belgilab qo‘yildi.

Tasarrufidagi oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar bo‘ysunuvidagi oliy ta’lim muassasalariga xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklash istagini bildirgan fuqarolarga maxsus test sinovlari (kasbiy (ijodiy) imtihonlar)ni o‘tkazish vaqti va joyi to‘g‘risidagi ma’lumotlarni yetkazadi.

Xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishini respublika oliy ta’lim muassasalariga ko‘chirish va ko‘chirib qayta tiklashda maxsus (online) test sinovi bo‘yicha o‘tish balli mos oliy ta’lim muassasasi va ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha 2018/2019 o‘quv yili qabuli uchun to‘lov-kontrakt asosidagi o‘tish balliga teng etib belgilandi.

Mazkur o‘tish ballini to‘play olmaganlar uchun o‘rnatilgan tartibda oshirilgan to‘lov-kontrakt bo‘yicha qabul qilish tartibi qo‘llaniladi.

Tasarrufida oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar rahbarlari xorijiy oliy ta’lim muassasalaridan o‘qishni ko‘chirish bo‘yicha maxsus (online) test sinovi natijalari qaydnomalarini 3 kunlik muddatda oliy ta’lim muassasalarida e’lon qilinishini ta’minlaydi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2018/2019 o‘quv yili uchun super-kontrakt narxlari tasdiqlangandi.