Oshxona

Yangi yil dasturxoniga "olive" uchun 5 taklif

Tovuq go‘shtidan

Kerak: 2 ta qaynatilgan tovuq oyog‘i, 6 donadan qaynatilgan kartoshka va tuxum, 4 ta tuzlanganbodring, 1 bosh piyoz, 1 banka konservalangan yashil no‘xat, mayonez, tuz, murch.

Qo‘ziqorinli

Kerak: 200 gr. qo‘ziqorin (shampinon), 4 donadan tuzlangan bodring, qaynatilgan tuxum, sabzi va kartoshka, 1 bosh piyoz, 1 banka konservalangan yashil no‘xat, mayonez, o‘simlik yog‘i, tuz, murch.

Piyoz va qo‘ziqorinni to‘rtburchak shaklda to‘g‘rab, qizdirilgan o‘simlik yog‘ida qovurib olasiz.

Olmali

Kerak: 300 gr. qaynatilgan mol go‘shti, 100 gr. konservalangan yashil no‘xot, 5 dona qaynatilgan tuxum, 4 ta qaynatilgan kartoshka, 3 tadan qaynatilgan sabzi va tuzlangan bodring, 1 ta olma, mayonez, tuz, qora murch.

Losos balig‘li

Kerak: 100 gr. tuzlangan losos balig‘i go‘shti, 2 osh qoshiq konservalangan yashil no‘xot, 3 dona qaynatilgan tuxum, bittadan qaynatilgan kartoshka va sabzi, bittadan tuzlangan bodring va bodring, mayonez, ko‘katlar, tuz.

Bedana tuxumli

Kerak: 100 gr. qaynatilgan tovuq go‘shti, 2 dona qaynatilgan bedana tuxumi, bittadan qaynatilgan sabzi va kartoshka, bodring, 4 osh qoshiq konservalangan yashil no‘xat, mayonez, tuz, ko‘katlar.

Manba: Darakchi.uz