Salomatlik

Etti mucham sog‘ bo‘lsin desangiz

1. Agar har kuni 3 dona yong‘oqni 1 dona olma bilan yesangiz, umringiz uzayadi. Tabiblar boshlanishiga 1 dona yong‘oqdan yeb, borgan sari miqdorni ko‘paytirishni tavsiya etishadi.

2. Chekuvchi o‘pkasini nikotindan tozalash uchun har kuni bir stakan yangi siqilgan sabzi sharbati ichiring. Shamollash joningizga tegdimi? Unda qirg‘ichdan chiqarilgan sabzi yeng yoki sabzi sharbatini sut bilan iching. Sabzi sharbati organizmdan shamollashni qaytalatuchi shilimshiqni chiqarib tashlaydi.

3. Xotirangiz sustlashib borayaptimi? Maydalangan 2 osh qoshiq mavrak o‘tini 1 stakan qaynagan suvda damlab qo‘ying. Kun davomida 2-3 marta yarim stakandan iching.

4. Yurak, buyrak, gepertoniya, shishib ketish kasalliklarida yoki ularning oldini olish uchun haftada bir marta 300 gr. suli yormasidan tayyorlangan shakarsiz, tuzsiz bo‘tqani beshga bo‘lib, kun davomida yeng. Choy o‘rniga esa na’matak damlamasidan iching.

5. Immunitetni ko‘tarish va organizmni sog‘lomlashtirish uchun foydaga kon asalning o‘zini emas, uni gulchangi bilan birga iste’mol qiling. Och qoringa 1 choy qoshiq asal va yarim choy qoshiq gulchangini aralashtirib yeng.

6. Ko‘proq yorqin randagi mevalardan iste’mol qiling. Bilasizmi, S vitaminidan ko‘ra apelsin yeyish foydaliroq ekan.

7. Ko‘p insonlar siqilganlarida, tushkunlikka tushib qolganlarida tashvishlarini ovqat yeyish bilan unutgilari keladi. Ko‘p va asabda yeyilgan ovqat hazm ham bo‘lmaydi, organizmga foyda ham keltirmaydi. Sizning ichingizda bo‘shliqni to‘ldirishga ovqatning umuman aloqasi yo‘q.

Manba: Darakchi.uz