Muammo: husnbuzarlar paydo bo‘luvchi yog‘li teri...
Yordam: moychechakli bug‘li muolajalar asqotadi. Mazkur gul antibakterial hamda yallig‘lanishga qarshi ta’sirga ega. Moychechak yuz terisining mayda teshikchalariga chuqurroq singib, terini tozalaydi va husnbuzarlar paydo bo‘lishining oldini oladi.
Retsept: 1 stakan quritilgan moychechak gullarini o‘rtacha kattalikdagi idishga solib, 1 litrqaynoq suv quyasiz va 30 daqiqa qaynatasiz. So‘ng olovdan olib, boshingizga sochiq yopgan holda 10 daqiqa davomida moychechakli suv bug‘iga yuzingizni tutib o‘tirasiz.
Manba: Darakchi.uz