Zarur masalliqlar: xamiriga: 270 gr. un, 180 gr. sariyog‘, 80 gr. shakar, 1 dona tuxum, yarim choy qoshiq xamiryumshatgich, tuz; ichiga solishga: 750 gr. tvorog, 160 gr. shakar, 25 gr. kartoshka kraxmali, 5-6 ta yangi olma, 4 dona tuxum, dolchin.
Tayyorlanishi: 1. Tuxum va shakarni yengil ko‘pirtiring. Xona µaroratida yumshatilgan sariyog‘ni qo‘shib, aralashtiring. Endi un, xamiryumshatgich va tuz solib, xamir tayyorlaymiz.
2. Xamirdan zuvala yasab, sellofanga o‘rang-da, 20-30 daqiqa muzlatkichga qo‘ying.
3. Tvorogni elakdan o‘tkazing. Tuxum, shakar va kraxmalni qo‘shing.
4. Xamirni aylana shakldagi pishiriq qog‘ozi joylangan qolipga solib, qo‘lingiz bilan yoying, keyin atroflarini ko‘tarib chiqing.
5. Xamir ustidan tvorogli aralashmani solamiz. Yuzasiga yarim oy shaklida to‘g‘ralgan olma bo‘laklarini joylab, dolchin seping. Pirog 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 1 soatda pishadi. Pirogni sovitgach, 1 soat muzlatkichga qo‘ying.
8 kishilik
Manba: Darakchi.uz