Faollashtirilgan ko‘mir – toksinlarni va boshqa zararli moddalarni ajoyib tarzda singdirish xususiyatiga ega bo‘lgani uchun me’dani tozalovchi samarali vosita hisoblanadi. Lekin ma’lum bo‘lishicha u terini ham yaxshi tozalar ekan, bu esa ko‘mirdan kosmetik niqoblar uchun ham foydalanishga imkon beradi.
Sizning e’tiboringizga bir necha oddiy niqoblar, piling va hatto ko‘mirli sovunlar tayyorlash usullarini havola qilmoqchimiz.
Odatda faollashtirilgan ko‘mir allergiya qo‘zg‘atmaydi, lekin har ehtimolga qarshi bunga ishonch hosil qilishingiz mumkin: tayyorlangan vositadan biroz olib teringizga suring, agar bir sutka o‘tgandan keyin hech qanday o‘zgarish sezilmasa, undan bemalol foydalanishingiz mumkin.
Tayyorlashdan oldin qulay bo‘lishi uchun faollashtirilgan ko‘mir donalarini buklangan qog‘oz orasiga joylashtiring va kelisop bilan maydalang.
Yuz terisini tozalash uchun skrab
2 dona faollashtirilgan ko‘mir tabletkasini maydalang, 1 choy qoshiq suv soling, yaxshilab aralashtiring, 1 choy qoshiqdan aloe geli, asal va shakar qo‘shing. Yana bir marta yaxshilab aralashtiring va yumshoq uqalovchi harakatlar bilan oldindan tozalangan yuzingizga suring. 20-30 daqiqadan so‘ng skrabni iliq suvda yuvib tashlang.
Faollashtirilgan ko‘mirli davolovchi sovun
Bunday davolovchi vosita har qanday turdagi yuz terisini juda yaxshi tozalaydi va husnbuzarlarni ketkazishga yordam beradi.
Maydalangan faollashtirilgan ko‘mirni suyuq sovun solingan idishga qo‘shing. Mana, yuz terisini samarali ravishda tozalovchi ajoyib vosita ham tayyor bo‘ldi.
Manba: Daryo.uz