Madaniyat

"Yuzimda tuk paydo bo‘lyapti"

Doim peshonamga sochlarimni tushirib yurganim uchunmi yoki boshqa sababi bormi, yuzimda tuklar ko‘paya boshladi. Bu holatda qanday yo‘l tutishni maslahat berasiz?

Sarvara, 23 yosh

–Ayol va erkak organizmida ham, erkaklik ham ayollik gormonlari ishlab chiqiladi. Ba’zi sabablarga ko‘ra, ayol organizmida erkaklik gormoni – testosteron darajasi oshib ketadi. Aynan shuning uchun qiz-ayollarning yuzi, tanasida tuklar ko‘payadi. Bu holat nasliy bo‘lishi mumkin. Davolanish va takroriy holatlarning oldini olish uchun shifokor-ginekolog ko‘rigidan o‘ting, tegishli tahlil topshirib, qonda testosteron darajasini aniqlang. Shifokor shunga qarab, gormonal davo choralarini qo‘llaydi.

Manba: Darakchi.uz