Madaniyat

Yuzingiz terisi quruqmi?

Yuz terisi quruq, rangsiz va tortishib qolganday tuyulsa.

Yogurt qo‘shilgan moychechakli niqoblar foydali. Yogurt yuz terisini yumshatadi, namlantiradi, moychechak esa teri tonusini oshiradi.

1 osh qoshiq moychechak gullariga 1 stakan suv qo‘shib, 10 daqiqa qaynatasiz. So‘ng suzgichdan o‘tkazasiz. Tayyor bo‘lgan damlamaning 2-3 qoshig‘ini yarim stakan yogurt bilan aralashtirasiz. Aralashma quyuqroq bo‘lishi uchun ozgina un qo‘shing. Niqobni yuzingizga surtib, qurigach, iliq suvda yuvib tashlang.

Manba: Darakchi.uz