Zig‘ir yog‘i yoshartiradi. Uning tarkibida Omega-3 yog‘ kislotalari mavjud. Bu kislota moddalar almashinuvida muhim rol o‘ynaydi.
- Ozish uchun: kundalik taomnomangizdagi o‘simlik yog‘ini zig‘ir yog‘iga almashtiring. Uni salatlarga qo‘shib iste’mol qilish ham foydali.
- Xolesterin miqdorini tushirib, qonni suyultiradi.
- Agar yurak-qon tomir kasalliklariga chalinishni va tromb yuzaga kelishini istamasangiz, doimiy ravishda zig‘ir yog‘i iste’mol qiling.
- Ko‘krak va yo‘g‘on ichak saratoniga chalinish xavfini kamaytirib, gormonal fonni yaxshilaydi. Buning uchun har kuni ertalab och qoringa 1 osh qoshiq zig‘ir yog‘ini bir stakan qatiqqa aralashtirib ichiladi.
- Operatsiyadan chiqqan bemorlar, homilador ayollar, bolalarga kuniga ertalab och qoringa, ovqatlanishdan 20 daqiqa avval bir osh qoshiq zig‘ir yog‘i ichish tavsiya etiladi. Muolaja davomiyligi: 10 kundan, uch-to‘rt marta, orada 2-4 hafta tanaffus bilan.
- Aterosklerozda: 1-1,5 oy mobaynida ovqatlanishdan avval 2 osh qoshiq zig‘ir yog‘i ichiladi. 3 haftalik tanaffusdan keyin muolajani yana takrorlash mumkin.
- Bo‘g‘inlar og‘rig‘ida: uyquga ketishdan avval 1 osh qoshiq zig‘ir yog‘i ichib, bo‘g‘inlarga ham surtish kerak.
Mumkin emas: o‘t pufagi toshi, pankreatit kabi kasallik bilan og‘riganlar zig‘ir yog‘ini iste’mol qilmaganlari ma’qul.
Manba: Darakchi.uz