Bilasizmi?

1 – 5 mart kunlari “Xotin-qizlarga nisbatan tegajog‘lik muammosi” mavzusida onlayn aksiya o‘tkaziladi

2016 yilning 1 – 5 mart kunlari Sahar ijtimoiy tadbirkorlik onlayn maktabining Facebook`dagi sahifasida “Xotin-qizlarga nisbatan tegajog‘lik muammosi” mavzusida onlayn aksiya o‘tkaziladi.

Mazkur aksiyadan ko‘zlangan asosiy maqsad xotin-qizlarga nisbatan tegajog‘lik (shilqimlik, xiralik) muammosini yoritish va muhokama qilishdan iboratdir.

Aksiya davomida quyidagi mavzular muhokama qilinadi:

1-kun: Xotin-qizlarga nisbatan tegajog‘lik nima?

2-kun: Tegajog‘lik yuz berishiga kim, nima yoki qanday sharoit sababchi?

3-kun: Xotin-qizlarga nisbatan tegajog‘likning oqibatlari nima?

4-kun: Xotin-qizlarga nisbatan tegajog‘likning oldini qanday olish mumkin?

5-kun: Tegajog‘lik muammosini tugatish uchun takliflar, yechimlar va aksiya xulosalari.

Aksiya hamkori hisoblangan Erkak.uz va Ayol.uz saytlari sizlarni mazkur muhokamalarda faol ishtirok etishga chaqirib qoladi.