Bilasizmi?

Ahmoq kishilarning 5 odati

Har bir kishi o‘z aqliy darajasiga ega. Biroq shaxsiy qobiliyatlarga mustaqil tarzda baho berish juda murakkab, axir o‘zimizni umuman o‘zgacha hisoblaymiz. Ko‘pchilik o‘zini chindan ham aqlli sanaydi. Boshidagi fikrlar esa mantiqan to‘g‘ri bo‘lib ko‘rinadi. Biroq darajangiz qanchalik yuqori ekanini qanday bilish mumkin? Aqlli kishilarni ahmoqlaridan ajratib turuvchi 5 ta belgi bor. Hozir ana o‘sha belgilar haqida so‘z yuritamiz.

1-belgi: Xatolarida o‘zgalarni ayblash

Hammada ham biror narsa ko‘ngildagidek chiqmasligi va reja bo‘yicha bormasligi mumkin. Aqlli odam xotirjam tus oladi va muammoni qanday yechish haqida o‘ylab ko‘radi. Ahmoq esa o‘zining barcha muammolarida istalgan kishi va narsani ayblaydi: liftni egallab olgan qo‘shnilarni, yomon ob-havoni, olomonni. Bunday kishida muammolari uchun mas’uliyatni o‘z bo‘yniga olish istagi yo‘q. O‘ziga achinish uning uchun ancha oson.

2-belgi: O‘zini doimo haq deb bilish

Shaxsiy argumentlarni keltirib, fikrni ilgari surishning hech qanday salbiy jihati yo‘q. Aqlli kishi mojarolarni yoqtirmaydi, biroq suhbatdoshni tinglash va masalaga boshqa ko‘z bilan qarashga ham qarshi emas. Ahmoq odam uchun esa bahsni yakunlash juda mushkul. U suhbatdoshi ayrim vaqtlarda haqiqatan ham to‘g‘ri aytayotgan bo‘lsa-da, o‘z fikrida qat’iy turishga odatlangan. Uning uchun vaziyatdan g‘olib sifatida chiqish juda muhim, ahmoq kishi o‘z mulohazalarini yagona to‘g‘ri fikr deb sanaydi.

3-belgi: Shaxsiy qobiliyatlarni yuqori baholash

Ahmoq kishilar orasida Danning Kryuger effekti tarqalgan. Past malaka va qobiliyatga ega kishilar o‘zlarini aslidan ko‘ra ancha aqlli sanaydilar. Albatta, ayrim vaqtlarda aqliy salohiyatlarini namoyish etishni istaydilar. Biroq mazkur vaziyat uchun mos bo‘lmaydi. Bu kabi kishilar o‘zlarini o‘zgalardan ancha yaxshi hisoblaydilar va bu haqida doimiy ravishda eslatishga harakat qilishadi.

4-belgiSo‘zlarni noo‘rin qo‘llash

Suhbat chog‘ida hech narsa kontekstga mutlaqo mos bo‘lmagan yoki noto‘g‘ri ma’noli so‘zlardan foydalanishdek obro‘ni to‘kmasa kerak. Birorta aqlli jumlani qo‘shishdan avval uni qay o‘rinda qo‘llash mumkinligini chindan ham bilishingizni yodga olish kerak. Aqlli ko‘rinish uchun o‘ziga notanish bo‘lgan atamalar bilan o‘ynashayotgan suhbatdosh faqat taajjubga sabab bo‘lishi mumkin, xolos.

5-belgi: Xolis emaslik

Ahmoqlar vaqtlarini behuda sarflab, o‘zgalarning hayoti va tamoyillarini muhokama qilishni xush ko‘rishadi. O‘zgalarning fikri va maslahatini qabul qilolmaganliklari, dunyoga o‘zgacha nazar tashlashga tayyor emasliklari sabab o‘zgalarni muhokama qiladilar.

Aqlni yuksaltirish mumkin. Biroq muhimi — kamchiliklarni ko‘rish va ularni to‘g‘rilashga harakat qilishni o‘rganish.

Nima deb o‘ylaysiz, yana qaysi jihatlar ahmoq kishini oshkor etadi?

Manba: Kun.uz