35 yoshdan keyingi homiladorik xavflimi?
Yoshingiz 35 yoki undan yuqorimi?. Siz homilador bo‘lish harakatidasizmi? Hoynahoy, atrofingizdagilar salomatligingiz, nega kech farzand ko‘rishni rejalashtirganingizni bilishga qiziqib, surishtirayotgan bo‘lishsa kerak. Chunki ayollar orasida kechki homiladorlik haqida turlicha vahimali misollar tilga olinadi. Ular qanchalik to‘g‘ri ekanligi va bu yoshdagi homiladorlikda e’tibor berish zarur bo‘lgan jihatlarga oydinlik kiritamiz.
Ilk homiladorlik
Homiladorlikni rejalashtirishda ayolning yoshi muhim omillardan biri ekanligi rost. Hususan, birinchi homiladorlik uchun 21-24 yoshlar orasidagi davr maqbul sanaladi. Agar birinchi homiladorlik 35 yosh va undan keyingi davrga to‘g‘ri kelsa, bunda ayolning salomatligi, hayz siklidagi buzilishlar, jinsiy a’zolar yallig‘lanishi yoki boshqa turdagi kasalliklar bor-yo‘qligi, avvallari homila tushishi, abort yoki homilaning o‘smay qolishi, stress, asabiylik, nevroz, virusli kasalliklarga chalinish holatlari, kamqonlik, surunkali buyrak, yurak hastaliklari, qandli diabet kabi holatlar kuzatilgan bo‘lishi ehtimoli o‘rganiladi.
Xavf solishi mumkin…
Yoshga doir o‘zgarishlar kechki homiladorlikka bir qancha omillar bilan havf solishi mumkin. Buning asosiy sababi esa ayolning salomatligi bilan bog‘liqdir. Jumladan:
Ayol organizmida antinachalar ishlab chiqarilishi homilani nobud qilib, uning rivojlanishiga to‘sqinik qiladi. Bunday holatlarda qondagi antitanachalar miqdorini aniqlashga doir tekshiruv o‘tkazish kerak.
Arterial qon bosimining ko‘tarilishi – kechki gestoz (toksikoz)ni yuzaga keltirishi va buning oqibatida muddatidan avvalgi tug‘ruq sodir bo‘lishi ehtimoli ortadi. Bu yoshda ba’zi ayollarning mushak to‘qimalarida elastiklik hususiyati kamayib, homilada gipoksiya, ya’ni kislorod yetishmovchiligi yuzaga kelishi mumkin.
Ona bo‘lishga tayyormisiz?
Bu yoshda ilk homiladorlikni rejalashtirishdan avval bir necha tekshiruvlardan o‘tish lozim. Hususan:
Terapevt ko‘rigi – surunkali turdagi kasalliklar va ularning kechishini o‘rganib, zarur hollarda umumiy holatingizni yaxshilashga qaratilgan muolaja tayinlanadi;
Ginekolog ko‘rigida — jinsiy yo‘l bilan o‘tuvchi infeksiyalar qindan olingan surtma tahliliga ko‘ra, infeksiya va turli xildagi kasalliklar bor-yo‘qligi aniqlanadi;
Tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigi, jumladan, lor, okulist, endokrinolog, kardiolog, nevropatolog tekshiruvi hamda stomatolog ko‘rigi zarur. Tibbiy tekshiruvda ekstragenital kasalliklar erta aniqlanib, xastalik asoratlarining oldi olinadi.
UTT tekshiruvi – bu yoshda ayollar organizmida yoshga doir o‘zgarishlar yuz berib, mioma, eroziya yoki polip kabi o‘smalar paydo bo‘lishi ehtimoli ortadi. UTT tahlili orqali bachadon holati, tuxumdonlar va jinsiy a’zolardagi boshqa muammolar tekshiriladi;
Qonning umumiy, “TORCH” infeksiyalari, qandli diabet, OITS kabi kasalliklarga doir tahlili o‘tkaziladi.
Genetik shifokorga borish shartmi?
Kechki ilk homiladorlik aynan 35 yoshdan keyingi davrga to‘g‘ri kelganida Daun xastaligining yuzaga kelishi ehtimoli yuqori bo‘lishini nazarda tutgan holda genetik shifokor ko‘rigidian o‘tish tavsiya etiladi. Bunda dastlab ayolning UTT tekshiruvi o‘tkazilib, u homilaning 13-16 va 22 haftaliklarida amalga oshiriladi. Homilada xastalik alomatlari taxmin qilinsa, ikkinchi uch oylikda ayol organizmidagi alfa-fenotropin, estrogen va xorion genodropin darajasi o‘lchanadi. Tashxis aniq xulosalar bilan tasdiqlanguday bo‘lsa, ota-onaga xabar qilinib, kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan holatlardan ogohlantiriladi.
Maslahat
✅25 yoshda…
— Har yarim yilda ginekolog nazoratida bolish lozim. Boisi bu yoshda bachadon boyni eroziyasi xavfi va boshqa shamollashlar kuchliroq boladi.
— Mammolog korigidan otishni ham yoddan chiqarmang. Mastopatiya yoshlikda boshlanadigan xastalik.
— Yilda ikki marotaba stomatologga ham uchrang.
✅30 yoshda…
— Bu yoshda endometrioz, bachadon miomasi, tuxumdon osimtasi, mastopatiya kabi kasalliklarga chalinish ehtimoli kuchli. Shuning uchun bir oyda bir marotabaginekolog qabulida boling.
— Qalqonsimon bez bilan muammolar yuzaga kelishi ham mumkin. Birdan kayfiyatingiz buzilsa, kechasi uxlolmasangiz, darhol endokrinologga korining. Gormonlarni aniqlash uchun qon topshiring va qalqonsimon bezni ultratovush apparatida tekshirtiring.
— Homiladorlik, tugruq, abort — bularning bari beiz ketmaydi. Natijasi sifatida varikoz, grija va bavosil paydo bolishi mumkin. Shunday ekan, jarroh korigini ham kanda qilmang!
✅40 yoshda…
— Bu yoshda sogliqqa alohida etibor qaratish lozim. Oxirgi yillarda ayollardagi klimaks shu yoshda boshlanayapti. Hayz korish muddatida qorinning pastki qismi yo belda ogriq sezsangiz, ginekolog huzuriga shoshiling. Hozirgi kunda har uch ayoldan biri mioma sabab bachadondan qon ketishi sabab jarrohlik stoliga yotayotgani hech kimga sir emas.
— Bir yilda bir marotaba mammografiya (sut bezlari rentgeni) qildirish kerak. Ellik yoshdan esa bir yilda ikki marta.
— Korishning xiralashishi va bosh ogrigi bezovta qilishi mumkin. Bu glaukoma — kok suv kasalligining alomatlari. Bu muammodan qutulishda sizga okulist yordam beradi.
— Qandli diabetning ikkinchi bosqichi ham shu yoshda uchraydi. Bir yilda kamida bir marta qand miqdorini tekshirish uchun qon topshirsangiz, kasallikning oldini olgan bolasiz.
Doktor Muxtorov