OTMlardagi to‘lov-kontrakt narxlari endi eng kam oylik ish haqiga bog‘langan bo‘ladi. Bu degani endi har safar ish haqlari ko‘tarilsa, kontrakt narxi ham keyingi semestrdan oshadi, deb xabar beradi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev Telegram kanalida.
Qayd etilishicha, 1 sentyabrdan to‘lov-kontraktning yangi narxlari belgilandi.
Bakalavrda:
eng arzon kontrakt - 45 barobar, ya’ni 8 mln 293 ming 500 so‘m (ilgari 6 mln 650 ming);
eng qimmat kontrakt - 60 barobar, ya’ni 11 mln 58 ming so‘m (ilgari 9 mln 850 ming).
Magistraturada:
eng arzon kontrakt - 49 barobar, ya’ni 9 mln 30 ming 700 so‘m (ilgari 7 mln 210 ming);
eng qimmat kontrakt - 66 barobar, ya’ni 12 mln 163 ming 800 so‘m (ilgari 10 mln 830 ming).
Maxsus sirtqida:
eng arzon kontrakt - 15 barobar, ya’ni 2 mln 764 ming 500 so‘m (ilgari 2 mln 220 ming);
eng qimmat kontrakt - 27 barobar, ya’ni 4 mln 976 ming 100 so‘m (ilgari 3 mln 110 ming).
Kunduzgi sirtqida:
eng arzon kontrakt - 49 barobar, ya’ni 9 mln 30 ming 700 so‘m;
eng qimmat kontrakt - 66 barobar, ya’ni 12 mln 163 ming 800 so‘m.
Ikkinchi mutaxassislikda (17/18 o‘quv yilida kirganlar uchun):
eng arzon kontrakt - 25 barobar, ya’ni 4 mln. 607 ming 500 so‘m;
eng qimmat kontrakt - 33 barobar, ya’ni 6 mln 81 ming 900 so‘m.
Eslatib o‘tamiz, 2017/2018 o‘quv yilida oliy ta’lim muassasalarida kontrakt miqdori 2016/2017 o‘quv yilidagi darajada saqlanib qolgandi.