18 oktyabrdan O‘zbekistonda havo haroratining keskin sovishi, yomg‘ir yog‘ishi va shamol tezligining kuchayishi kutilmoqda.
"O‘zgidromet" markazi ma’lumotlariga ko‘ra, 18 oktyabr kuni havo harorati kunduzi o‘rtacha +12…+17, kechasi — +9…+14 darajagacha tushadi. 19–20 oktyabr kunlari harorat +15…+20, kechasi +5…+10 darajaga yetadi.
Chorshanba kuni respublika bo‘ylab yog‘ingarchiliklar va kuchli shamol kuzatiladi. Shamol tezligi 15–20 m/s gacha kuchayadi.