Madaniyat

2016-yil yozida urfda bo‘lgan ko‘ylaklar

“Lady.mail.ru” har qanday did uchun mos tushadigan yozgi ko‘ylaklar turlarini keltirib o‘tdi. Ularning barchasi joriy yozgi mavsum uchun dolzarb bichimlarga ega.

Oldi tugmali ko‘ylaklar

скачанные файлы

Bunday ko‘ylakni tanlashda yeng va yoqa shakliga e’tibor bering. Erkaklar uslubidagi va uzunasiga chiziq-chiziq modellar eng dolzarbdir. Bunday ko‘ylaklarni o‘zingizda bor har qanday yozgi poyabzal bilan kiyish mumkin. Krossovka, sandal va erkaklar uslubidagi oyoq kiyimlar — hammasi to‘g‘ri keladi.

Etnik uslub

скачанные файлы (1)

Kashta tushirilgan, popukli jiyaklari bo‘lgan, yengil va tabiiy matolardan tikilgan etnik uslubdagi ko‘ylaklarni yozda maza qilib kiyish mumkin. To‘g‘ri aksessuar tanlay olsangiz, ularni har qanday joyga kiyib borish mumkin.

Zapaxli ko‘ylaklar

скачанные файлы (2)

Bunday modeldagi ko‘ylaklar qomatni chiroyli qilib ko‘rsatishga yordam beradi. V shaklidagi yoqa bo‘yinni “uzaytiradi”, ixchamgina belbog‘ esa belni xipchalashtiradi. Nazokatli qiyofaga ega bo‘lish uchun klassik “lodochka” (ilgaksiz ochiq tufli) yoki baletka bilan kiyish tavsiya etiladi. Qishda esa bu ko‘ylak etik bilan ham yarashadi.

Katak-katak ko‘ylaklar

скачанные файлы (4)

Hozir katak-katak naqsh nafaqat ko‘ylaklarda, balki bluzka, shim, yubkalarda ham uchraydi va urfda hisoblanadi. Ammo 60-yillarga xos kurort modasining o‘zgacha nafosati faqat ko‘ylaklardagina seziladi. Ammo katak-katak ko‘ylakni shaharda ham bemalol kiyish mumkin. Bunday ko‘ylak bilan eng mos tushadigan poyabzal — baletka. Bundan tashqari, uni espadrilya, sandal va po‘kak tagcharmli ixcham tufli bilan moslash ham mumkin.

Tunika

скачанные файлы (5)

Tunikani eslatuvchi ko‘ylaklarni tanlash uchun sabablar ko‘p: uning keng bichimi sizga jaziramada asqotadi, shuningdek, qomatingizdagi ba’zi kamchiliklarni osonlik bilan bekitadi. Agar mos tushadigan oyoq kiyim va boshqa aksessuarlarni mohirlik bilan tanlasangiz, u ajoyib kecha libosiga ham aylanadi.

Jinsi ko‘ylaklar

скачанные файлы (3)

Asosan jinsi buyumlardan iborat obrazlar bir nechta mavsumdan buyon urfda bo‘lib kelmoqda. Bu yozda tugmali va cho‘ntakli klassik sarafanlarni ham, kombinatsiyalangan ko‘ylaklarni ham topish mumkin. Sarafanlarni yozda bluzka yoki futbolka bilan, qishda esa vodolazka yoki kardigan bilan kiying.