Oshxona

5 daqiqada shampinonni marinadlab, mazali taom tayyorlaymiz

Bu retsept shampinon qo‘ziqorinlarini qisqa vaqt ichida marinadlashga imkon beradi. Kichkina va bir xil shampinonlarni tanlab olamiz.

Kerakli masalliqlar: – 500 g shampinon – 120 ml o‘simlik yog‘i – 3 ta sarimsoq piyoz donasi – 10 ta murch donasi – 2 ch.q. shakar – 1 ch.q. tuz – 4 dona dafna yaprog‘i – 60 ml 6 foizli sirka

Tayyorlash:

Qo‘ziqorinlarni yaxshilab yuvamiz. Idishga sirka, yog‘, murch, shakar, dafna yaprog‘i va tuzni solib aralashtiramiz. Aralashma ustiga qo‘ziqorinni solib olovga qo‘yamiz. Qaynab chiqqandan so‘ng 5 daqiqa qaynatamiz va bankaga joylashtiramiz. Sovugandan keyin sovutgichga qo‘yamiz. 4 soatdan keyin mazali marinad tayyor bo‘ladi.

Manba: Daryo.uz