Losos, rezavor mevalar, brokkoli, bodom va kale — parhez dunyosining super yulduzlari hisoblanadi. Ularning soyasida sifat jihatidan hecham qolishmaydigan, lekin hozircha nufuzli huquqiy holatga erisha olmagan oziq-ovqatlar kamtarlik saqlab turibdi — va buni tuzatish kerak!
Gulkaram
Boshqa krestgulli sabzavotlar singari, gulkaram ham – C vitamini va kletchatkalarning eng yaxshi manbai. Brokkolidek, uning ham tarkibida saratonga bardosh beruvchi sulforafan kimyoviy moddasi mavjud.
Sardina balig‘i
Sardina – tarkibiga ko‘ra eng foydali bo‘lgan omega-3 yog‘ kislotalari va kam uchraydigan B12 vitaminlarining juda boy manbai hisoblanadi. Shuningdek uning tarkibida kalsiyning singishi uchun zarur bo‘lgan D vitamini ham ko‘p.
Tempe
Tempe ham tofu kabi soya dukkaklilaridan tayyorlanadi va xuddi shunday oqsillar, kaliy va kalsiyning ajoyib manbasi hisoblanadi.
Lavlagi
Lavlagida saraton va boshqa surunkali kasalliklarga qarshi kurashishga yordam beruvchi antioksidantlar juda ko‘p. Bundan tashqari lavlagi sharbati yuqori qon bosimini tushirishga va miyaga qon borishini kuchaytirishga yordam beradi.
Artishok
Artishoklarni grilda tayyorlash va barglarini ham, o‘zagini ham yeyish mumkin. Butun artishokni yeng va kletchatkalardan quvvat oling.
Qatiq
Bu sut mahsulotining tarkibi juda ko‘plab «yaxshi» probiotik-bakteriyalardan tashkil topgan. Hozirgi vaqtda mutaxassislar qatiqning yallig‘lanishga va saratonga qarshi xususiyatlarini sinchiklab o‘rganmoqda.
Qora olxo‘ri
Quritilgan olxo‘rilarda antioksidantlar va kletchatkalar ko‘p. Olxo‘rilarning o‘zini yeyish ham, pishiriqlarga, smuzilarga, bo‘tqalarga va go‘shtli taomlarga ham qo‘shish mumkin.
Yasmiq doni
Yasmiq donlari dukkaklilar kabi mashhur bo‘lmasa ham, ular kabi parhezning super yulduzi bo‘lishga arziydi. Yasmiq donlarini tayyorlashdan oldin ivitish kerak bo‘lmaydi, uni sho‘rva va raguda go‘shtning o‘rniga ishlatish mumkin. Chunki uning tarkibida oqsillar va kletchatkalar ko‘p.
Suv o‘tlari
Dengiz suvining zarur moddalarini o‘ziga singdirib olgan suv o‘tlari vitaminlar va minerallarga, ayniqsa kalsiy va temirga juda boy. Shuningdek ularning tarkibida oqsillar ko‘p va yog‘lar esa deyarli yo‘q.
Manba: Daryo.uz