Bilasizmi?

9 toifa odamlar bo‘ladi

1.Shamol

Bugun bu yerda, ertaga u yerda, hech qanday doimiylik va barqarorlik yo‘q, ishtiyoq almashib turadi, hech biri uzoq saqlanmaydi.

2.Gul

Ular bilan juda ehtiyotkorona bo‘lish kerak, yog‘ingarchilikdan saqlash va himoya qilish kerak, chunki ular nozik va gap ko‘tara olishmaydi. Lekin mana shu noziklikda joziba va ko‘rkamlik bor, ular o‘zlari haqida g‘amxo‘rlik qilish va o‘zlarini kuchli sanashga imkon berishadi.

3.Kutubxona

Ulardan nimadir o‘rganish mumkin, o‘zingiz uchun yangi bilim ufqlarini ochasiz. Agar katta sabrni to‘plab, ko‘p vaqtni sarflashga dangasalik qilmasangiz.

4.Labirint

Ular haqida oldindan fikr bildirib bo‘lmaydi, muyulishda nima kutayotgani va o‘zaro munosabatlarda qanday chalkashliklar boshqarilishini aniq ayta olmaysiz, lekin topishmoq qanchalik qiyin bo‘lsa, uni topishning jarayoni ham shunchalik qiziq bo‘ladi.

5.Yashil vodiy

Ular bilan oson va betashvish his etasiz, ular bilan o‘z muammolaringiz va qiyinchiliklaringizni bir chekkaga surib qo‘yasiz. Xotirjam bo‘lib hordiq chiqarasiz, hech bo‘lmaganda bir daqiqaga oyna ortida yomg‘ir va namgarchilik ekanini hamda oshxonada yuviqsish idish-tovoqlar borligini ekanini unutasiz.

6.Mushakbozlik

Ularda portlovchi mijozdir, ular imkon boricha bayram hissini, hayot hissini, tuganmas karnavalni taqdim etishadi. Baxtli bo‘ling, axir vaqt uchib ketmoqda.

7.Granit

Ular bilan hech narsa sodir bo‘lmasligiga va siz himoyada ekanligingizga ishonch hosil qilasiz. Qiyin vaziyatda suyanish va ishonish mumkin bo‘lgan odam bo‘ladi.

8.Jarlik

Yomon tugashini bilasan, lekin qirg‘oqqa qarashga, sinalmagan narsaga qo‘l urib ko‘rishga tortaveradi.

9.Brilliant

Sen unga qaraysan. Har safar insonning yangi qirralarini kashf etasan: salbiy yoki ijobiy, muhimmi shu? Shunchaki zavqlanishni o‘rganasan.

Xurshida Xonim