Bilasizmi?

Agar ozishni istasangiz, salatga nima qo‘shish mumkin emas?

Garchi salat — ratsionga muhim vitamin va mikroelementlar manbaini qo‘shish usuli bo‘lsa ham, uning ichiga butun natijani yo‘qqa chiqaradigan oziq-ovqatlarni qo‘shish mumkin. E’tiboringizga ozishni xohlovchilar salatga yaxshisi qo‘shmasligi lozim bo‘lgan ba’zi oziq-ovqatlar ro‘yxatini havola qilmoqchimiz.

Qovurilgan tovuq, krevetka yoki tofu

Qizartirib qovurilgan tovuq go‘shti, kokosli krevetkalar yoki qo‘shimcha kaloriya beruvchi har qanday ishlov berilgan oqsil salatning parhezlilik xususiyatini kamaytiradi. Grilda pishirilgan tovuq, krevetka, qotirib qaynatilgan tuxum, bug‘da tayyorlangan tofularni tanlang.

Qisirlaydigan ugra va vonton

Ular salatga kaloriya va yog‘dan boshqa hech narsa qo‘sha olmaydi. Bularning o‘rniga salatga bir-ikki osh qoshiq bodom, yong‘oq, pista, oshqovoq urug‘i qo‘shing.

Qaymoqli qo‘shimchalar

Bunday kremli qo‘shimchalar salat tarkibiga siz uchun keraksiz bo‘lgan kaloriya, natriy va foydasiz yog‘lar qo‘shadi.

Yog‘sizlantirilgan qo‘shimchalar

Yog‘sizlantirilgan qo‘shimchalar tarkibida odatdagilarga qaraganda shakar va tuz ko‘proq bo‘ladi. Bizning organizmimiz sabzavotlardagi likopen va A vitamini kabi muhim mikroelementlarni singdirish uchun yog‘larga — ularning foydali turlariga muhtoj. Shuning uchun bunday qo‘shimchalarni yaxshisi zaytun yog‘i, olma sirkasi va limon sharbati aralashmasi bilan almashtirganingiz ma’qul. Me’yorida ishlatishni unutmang va 1-2 osh qoshiq bilan cheklaning.

Quritilgan mevalar

Quritilgan klyukva, o‘rik yoki mayizning chorak stakani tarkibida 22 gramm shakar va 100 kaloriya mavjud. Quritilgan mevalarning o‘rniga kletchatka va antioksidantlarga boy bo‘lgan yarim stakan kesilgan uzum yoki mandarin qo‘shganingiz yaxshiroq.

Manba: Daryo.uz