Madaniyat

Ajinlarga qarshi sinalgan parhez!

Bu afsona emas, balki ingliz diyetologlari tomonidan tekshirilgan usullardan biri. Agar yuz teringizga erta ajin tushmasligini istasangiz, quyidagi taomnomaga diqqat qiling.

Dengiz mahsulotlari

Baliq, suv o‘tlari, dengiz karami tarkibida D vitamini, kollagen va foydali yog‘ kislotalari serob. Mazkur moddalar teri kataklari yangilanishini tezlashtiradi. Haftada bir – ikki marta baliqdan suyuq yoki quyuq taom, dengiz karamidan salat tayyorlang.

Salat bargi

Oddiy ko‘ringan mazkur ko‘kat organizm uchun g‘oyat foydali ekanini bilasizmi? Barra salat bargini kunora taom va yeguliklarga qo‘shib iste’mol qilishga odatlansangiz, teri tortilishlaridan qo‘rqmasangiz ham bo‘ladi. Teri holati me’yorda bo‘lsa, mimik ajinlar chuqurlashmaydi.

Ko‘k choy

Peshona va lab atrofi terisiga ajin tushmasligi uchun ko‘k choyni kanda qilmang. Bu choy tarkibidagi flavonoidlar teri qarimasligidan himoyadir.

Ta’qiqlanuvchi mahsulotlar:

– Sho‘r va achchiq yeguliklar;

– Spirtli ichimliklar;

– Dudlangan mahsulotlar;

– Yog‘li taomlar;

– Mayonez;

– Yong‘oq, pista.

Manba: Darakchi.uz