Yong‘oqlar
Yong‘oqlar boqiy yoshlik mevalaridir. Sababi ular tarkibidagi Ye vitamini va Q10 koenzim moddalari teri hujayralarini oziqlantirib, yoshartirish xususiyatiga ega. Buning uchun istagan yong‘oq mag‘zidan kuniga 50 gr. yeyish kifoya.
Qizil va olovrang mevalar
Yuzning tiniq rangi shu tusdagi mevalar iste’moliga bog‘liq. Sabzi, pomidor, qovoq, o‘rik tarkibida teri hujayralarini yangilovchi beta-karotin moddasi mavjud. Darvoqe, ko‘pgina kremlar tarkibiga kiruvchi retinol, bu — A vitamini bo‘lib, karotin ta’sirida organizmda ishlab chiqariladi.
Nordon va reza mevalar
Apelsin, kivi, qorag‘at, greypfrut tarkibida S vitamini juda ko‘p. U qarishni sekinlashtiruvchi kollagen hosil bo‘lishiga yordam beradi.
Yog‘li baliq
Losos, sardina, seld, skumbriya kabi dengiz baliqlari A va D vitaminlari, omega-3 yog‘ kislotasiga boy. Qon aylanishi va shamollashni yengish xususiyatiga ega.
Anor
Bu meva teri osilib qolishining oldini oladi. U teridagi elastik xususiyatni kuchaytirib, turli shikastlanishlar, yosh bilan bog‘liq o‘zgarishlarni tezda bartaraf etadi.
Zaytun yog‘i
Ma’lumki, quruq teri eng tez qaruvchi teri hisoblanadi. Zaytun yog‘i esa boshqa mahsulotlarga qaraganda 3 karra ko‘proq yog‘ kislotasiga ega bo‘lib, teri hujayrasining qayta tiklanishini kuchaytiradi.
Tvorog
Tvorog selen va Ye vitamini kabi kuchli antioksidant degani. U erta qarishga yo‘l qo‘ymaydi. Tarkibidagi kalsiy esa tish va butun organizmdagi suyaklar mustahkamligiga javobgar.
Ko‘k choy
Choylarning «sarvari» ham antioksidantlar ichida yetakchi o‘rinlarda turadi. Buning uchun kuniga 3-4 piyola ko‘k choy ichish kerak. Ko‘z ostida paydo bo‘ladigan «qopcha»larni ham (bu ham yosh bilan bog‘liq holda yuzaga keladi) paxtani choyga botirib, kompress qilish orqali yo‘qotish mumkin.
Manba: Darakchi.uz