Oila

Ajrimga sabab bo‘layotgan 3 sabab

Amerikalik psixolog Djon Gottman oxiri ajrim bilan tugallanadigan er- xotin munosabatlarini aniqladi..

YoMON KO‘RISh BELGILARI: er-xotindan biri ikkinchisining ustidan kulib, yomon ko‘rishini hamma oldida ham bildirishni boshlaydi. Ataylab yomon so‘zlar ishlatadi, ustidan kuladi. Uning fikri bilan qiziqmaydi. Qadriga yetmaydi va o‘zini undan ustun deb baholaydi.

NIMA QILISh KERAK: o‘zingizni turmush urtog‘ingiz o‘rniga qo‘yib ko‘ring, uning ko‘zi bilan vaziyatga baho bering. Har safar oyoqosti qilayotganingizda uning sizga qilgan yaxshiliklarini eslang.

TANQID BELGISI:

er yoki xotin yo‘l qo‘ygan xatoliklarni kechirmasdan yuziga solaverish. "Sen odam bo‘lmaysan!" deb o‘z xulosasini paydo qilish.

NIMA QILISh KERAK: suhbatda alamzadalikni va ayblashni to‘xtating. Yaxshisi kechirim so‘rang. Endi hech nima bo‘lmagandek chuqur nafas oling.

NIZODAN QOChISh BELGILARI:

Janjal, tortishuv, har doimgidek ayblov va oxir-oqibat nafrat, g‘azab, yomon ko‘rish kabi kundalik hayot shunchalik jonga tegadiki, hech nimani eshitmaslikni istab qoladi go‘yo. Ayblovlarga javob televizorga mixlanish, uzoqlarga ketib qolish, hech narsani eshitmasdan, ko‘rmasdan yashash-hissiyotlarini o‘ldirish!

NIMA QILISh KERAK: qochmang, ichingizdagi mungni yutmang, biroz ko‘z yoshiga erk bering. Yomonlamasdan, ayblamasdan, asabiylashmasdan muammoni siz bilgandek ayting.

Manba: Darakchi.uz