Anemiya holati organizmga xavf tug‘dirishi mumkinligi tufayli albatta davolanishi kerak. Lekin, anemiya turini bilmay turib uni davolash foyda keltirmasligi mumkin.
Har qanday anemiyani davolashda 2 yo‘ldan foydalaniladi:
1. Qondagi qizil moddalarning yoki gemoglobinning darajasini normaga keltirish. Natijada tana a’zolari kislorod bilan kerakligicha ta’minlanadi.
2. Anemiya holati sababchisi bo‘lgan kasallikni aniqlash va davolash.
Anemiya davolanmasa nima bo‘ladi?
Anemiya davolanmasa tana a’zolari kislorod yetishmovchiligidan qiynaladi va zaiflashadi. Anemiya holatida yurak faoliyati tezlashgani tufayli yurakka zarba yetishi mumkin.
Anemiyaning oldini olish: Quyidagilarni bilish kerak:
Temir moddasiga boy mahsulotlar: - Buyrak; - Dukkakli sabzavotlar; - Chechevitsa; - Tofu (soya pishlog‘i); - Ismaloq; - Qizil rangdagi go‘sht; - Yashil bargli sabzavotlar; - Baliq; - Quruq mevalardan, turshak, magiz va olxo‘ri qoqisi.
- Vitamin S ga boy mahsulotlar temir moddasini organizmga singishiga yordam beradi (masalan, apelsin sharbati, brokkoli, qulupnay ba hokazo).
- Ovqatlanayotganda choy va kofeni birga iste’mol qilmaslik kerak, chunki ular temir moddasini singishiga to‘sqinlik qiladi.
- Kalsiy va temir moddasini bir vaqtda qabul qilmaslik kerak.
- Organizmda V12 vitamini va foliya kislotasida yetishmovchilik bo‘lmasligi zarur.
- Shifokor bilan maslahatlashgan holda temir moddasi vitaminini qabul qilish foydadan holi bo‘lmaydi.
Homiladorlikda temir moddasini qancha iste’mol qilish kerak?
Homilador ayol temir moddasiga oddiy ayolga ko‘ra ikki barobar ko‘proq muhtoj. Homiladorlikda anemiyaga ehtiyot bo‘lish kerak, chunki o‘sayotgan homilaning sog‘lom rivojlanishi uchun temir moddasi juda zarur. Shuning uchun shifokor maslahatiga ko‘ra, ba’zi homilador ayollar temir moddasini vitamin shaklida qabul qilishlari talab etiladi. Bunga anemiya borligini qon tekshirvulari orqali amin bo‘lish shart.
MUHIM! Temir moddasi darajasining organizmda me’yoridan ortib ketishi unga zarar keltirishi mumkin. Shuning uchun faqatgina shifokor maslahati bilan temir moddasi vitaminini qabul qilish tavsiya etiladi.