Salomatlik

Arterial qon bosimingiz oshdimi? Barmog‘ingizni uqalang!

Agar bilsangiz, har birimizning qo‘l kaftimiz, xususan, barmoqlarda biologik faol nuqtalar bor. Ular organizmdagi bezovtaliklarni bartaraf etish hamda kayfiyatni ko‘tarishgxizmat qiladi.

Boshbarmoq: yo‘talni davolaydi!

Besh daqiqa davomida boshbarmoq «yostiqcha»sini uqalash nafas yo‘llari (ayniqsa, astma xuruji oldi) kasalliklari, bodomcha bezi yallig‘lanishi, iztirobli yo‘talda tavsiya etiladi. Quruq va yutinganda og‘riq beruvchi yo‘talni yengillashtirishda boshbarmoqni pastdan yuqoriga qarata silash lozim. Asabiylik, stress, kuchli charchoq ta’sirida kelib chiqqan bosh og‘rig‘ining chorasi ham aynan boshbarmoqni uqalash hisoblanadi. Bunda barmoq «yostiqcha»si 2–3 daqiqa mobaynida siqib turiladi va asta bo‘shatiladi.

Ko‘rsatkich barmoq: umurtqa og‘riqlari bezovta qilsa...

Mushaklarda spazm paydo bo‘lsa, ko‘rsatkich barmoqni ikkinchi qo‘l kafti bilan siqib turing. Muolaja 5 daqiqaga mo‘ljallangan. Umurtqa og‘riqlari, belning qotib qolishida ko‘rsatkich barmoq «yostiqcha»sini uqalash kerak. Ushbu barmoq me’da-ichaklarga ham to‘g‘ridan-to‘g‘ri singal yo‘llaydi. Hazm a’zolari faoliyatida buzilish bo‘lganida, qabziyat, diareya qiynaganida ko‘rsatkich barmoqni uqalash bezovtalikni bartaraf etadi. To‘satdan boshlangan tish og‘rig‘ida ham ko‘rsatkich barmoqni uqalash kerak.

O‘rta barmoq: arterial qon bosimi nazoratchisi!

O‘zingizni odatdagidan ko‘ra holsiz, toliqqan sezyapsizmi? O‘rta barmoq «yostiqcha»sini bir necha daqiqa uqalang. Mazkur usul qattiq asabiylashishda, xavotirlanish, qo‘rquv paydo bo‘lganida ham asqatadi. Muntazam o‘rta barmoqni uqalab turish arterial qon bosimi ko‘tarilishi xavfini kamaytiradi.

Nomsiz barmoqtoliqqan ko‘zlar uchun mashq

Qon tomirlari spazmi, arterial qon bosimi ko‘tarilishi, ko‘rish qobiliyati pasayishi, shuningdek, ko‘zlar toliqishida nomsiz barmoq uqalanadi. Іissiyotlarga javobgar reflekslar bilan do‘st tutingan nomsiz barmoq bir necha daqiqa silab turilsa, kayfiyat yaxshilanadi.

Jimjiloq: eshitish qobiliyati yomonlashsa...

Asabiylikka moyil bo‘lsangiz, kunora 5 daqiqalik jimjiloq barmoq muolajasini o‘tkazing. Bunda jimjiloq barmoq «yostiqcha»si yengil uqalanadi. Kichik barmoq ingichka ichakning bo‘shashish refleksiga ta’sir ko‘rsata oladi. Surunkali qabziyat qiynasa, jimjiloqni tez-tez uqalab turing. Birdan yurak urishi tezlashib ketganida, nevralgiya, eshitish qobiliyati pasayishida ham kichik barmoqni uqalash usulidan foydalanish mumkin.

Kaftingizni birlashtiring

Ikkala qo‘l kafti o‘rtasida butun organizmning faolligi uchun ma’sul biologik nuqta joylashgan. Uni ishga tushirish uchun qo‘l kaftlarini birlashtirib, bir-biriga yengil ishqalang. Faollashgan nuqta o‘zidan quvvat impulsini tarqatadi. Uning bir maromda yoyilishi uchun quyidagi holatlarga diqqat qiling:

  • Qo‘l kaftini musht tugib, oching. 10 marta.
  • Barmoqlarni tekis tutib, yon tomonga ochib-yoping. Xuddi yelpig‘ich singari. 8 marotaba.
  • Har bir barmoqni asosidan boshlab, uchigacha yengil uqalang. 1–2 daqiqa
  • Uqalash davomida ikkinchi qo‘l barmog‘ining bosh, ko‘rsatkich va o‘rta barmoqlari ishlatiladi.

Shamolladingizmi?

Kaftingizni oching-da, o‘rta va nomsiz barmoqlarning o‘rtasidagi «kasallik nuqtasini» toping. Ikkinchi qo‘lning boshbarmog‘i yordamida aniqlangan nuqta soat aylanasi bo‘yicha 2 daqiqa uqalanadi. Mazkur usul shamollash asoratida kelib chiqqan bosh og‘rig‘ini yengillashtiradi. Burun bitishida barmoqlar uchini birlashtirib, bir necha soniya ushlab turish so‘ng qo‘yib yuborish lozim. Ikki barmoq uchining o‘zaro ta’sirlanishidan hosil bo‘lgan quvvat burundagi sezgi reflekslarini «uyg‘otadi». Mashqni 5–6 marotaba takrorlash lozim.

Yelka «qotib» qolganida...

Nomsiz va jimjiloq barmoq o‘rtasida yelka mushaklariga signal yo‘llovchi nuqta joylashgan. Avvaliga ko‘rsatkich barmoq uchi yordamida nuqtani topib oling. So‘ng uni boshbarmoq uchi bilan yengil uqalay boshlaysiz. Muolaja har bir qo‘lda alohida o‘tkaziladi.

Qabziyatning chorasi

Ich qotishi bavosirga sabab bo‘lmasin desangiz, qo‘l kaftidagi ingichka ichak uchun mas’ul nuqtani tez-tez uqalab turing. Mazkur nuqta boshbarmoqdan jimjiloqqa qarab yo‘nalgan chiziqda joylashgan. Uqalash muolajasi ikkinchi qo‘lning boshbarmog‘i yordamida, har birida bir-ikki daqiqadan bajariladi.

Samira ULUG‘BEKOVA tayyorladi

Manba: Darakchi.uz