Bilasizmi?

Asab tizimini mustahkamlash uchun foydali maslahatlar

Kundalik hayotimizda «hamma kasalliklar asabdan» degan iborani ko‘p eshitamiz. Haqiqatan ham, stress holati kayfiyatimizga ham, sog‘lig‘imizga ham o‘z ta’sirini o‘tkazmasdan qolmaydi. Asab tizimining buzilish holatlarini ko‘pchilikda ko‘rish mumkin.

Xo‘sh, nima qilish kerak? Asab buzilishining oldini olish uchun stress holatiga chidamlilikni oshirishimiz zarur!

Buning uchun kundalik taomnomamiz tarkibiga asab tizimini mustahkamlashga yordam beruvchi oziq-ovqat mahsulotlarini qo‘shishimiz kerak bo‘ladi.

Asab tizimining me’yorida ishlab turishi uchun organizmda quyidagi moddalar yetarlicha bo‘lishi talab qilinadi:

Retinol (beta-karotin) – baliq moyi va dengiz balig‘i, chernika, mol go‘shti, jigar, sabzi, kuraga va yangi pishgan o‘rikda ko‘p bo‘ladi.

Askorbin kislota – sitrusli mevalar, klyukva, na’matak, smorodina va olmada ko‘p uchraydi.

E vitamini – o‘simlik va baliq yog‘ida, yong‘oq, ismaloq, tovuq va bedana tuxumida bor.

B guruhi vitaminlari ham asab tizimi faoliyatini yaxshilashda katta ahamiyatga ega.