Boshoqli o‘simliklar orasida bug‘doy va guruchdan keyingi o‘rinda turuvchi makkajo‘xorini insonlar bir necha yuz yillardan buyon yetishtirib kelishadi. U nafaqat mazali yegulik, balki salomatlik uchun universal o‘simlikdir. Makkajo‘xori donidan un, yorma, kraxmal, spirt, yog‘ bo‘ladi, kurtagidan esa tayyorlanadi. Qurigan poyalari qog‘oz, linoleum, viskoza ishlab chiqarisha yo‘naltiriladi.
Qanday vitaminlari bor?
Makkajo‘xori tarkibida inson organizmi uchun foydali bo‘lgan vitamin va elementlar juda ko‘p. Ular:
- Kletchatka, yog‘ va efir moylari;
- A, RR, Ye va V vitaminlari;
- Magniy, kalsiy, temir, fosfor, ruh kabi ko‘p miqdordagi minerallar hamda kraxmal.
100 gr. makkajo‘xori tarkibida 67,5 gr. uglevod, 10,3 gr. oqsil va 4,9 gr. yog‘ mavjud. Turlariga ko‘ra, 100 gr. boshoqda 88 – 325 kilokaloriya bor. Shunday bo‘lishiga qaramay makkajo‘hori parhezbop mahsulot sanaladi.
Organizmga foydasi
Mendeleyev jadvalidagi 26 ta elementni o‘zida mujassam etgan boshoq, ko‘p kasalliklarga davo bo‘loladi. Makkajo‘horini muntazam ravishda iste’mol qilib tursangiz, immunitetingiz ko‘tariladi, ichaklar tiqinlardan tozalanadi, xolesterin miqdori pasayib, yurak kassalliklarining oldi olinadi. Siydik va safro haydash xususiyatiga ko‘ra, gipertoniya va tanada shish bo‘lishlarida samarali ta’sirga ega. Makkajo‘hori oshqozon ichak faoliyatini ham yaxshilaydi, moddalar almashinuvini tezlashtirib, ortiqcha vaznga qarshikurashadi. Allergiyaga moyil va qandli diabetga chalinganlar uchun xavfsizdir.
Keksayish alomatlariga qarshi...
Asab kasalliklari – depressiya, stress, hatto, epilepsiyada ham makkajo‘hori popugidan damlama tayyorlab ichish foydalidir.Jo‘hori tarkibidagi selen moddasi qarish jarayonini sekinlashtirib, saraton kasalligining oldini oladi. Makkajo‘hori moyi va uning yormasidan tayyorlangan bo‘tqani taomnomangizga kiritib borsangiz o‘smalar xastaliklarining oldi olinadi.
Makkajo‘hori yeyishni odat qilgan erkaklarga impotensiya xavf solmaydi. Boshoqli o‘simlikdan tayyorlangan bo‘tqali sho‘rva esa gastritda foydali taomdir.
Yuz teringiz yog‘li bo‘lsa, 2 osh qoshiq jo‘hori uni va bitta tuxum oqini aralashtirib, niqob tayyorlang. Niqob 20 daqiqa yuzda turgach, iliq suvda yuvib tashlang.
Homilador ayollarga-chi?
Hayz kunlari yengilgina o‘tishi hamda reproduktiv salomatligingiz mustahkam bo‘lishini hoxlasangiz makkajo‘xori tanovvulini odat qiling. Ayniqsa, yozgi mavsumda uni yeb-yeb oling, toki organizmingiz foydasiga to‘yinsin.
Homiladorlarga asosan bug‘da pishirilgan jo‘horini maslahat beriladi.
Anora G‘ULOMOVA tayyorladi
Manba: Darakchi.uz