Vaqti kelganda turli vitaminlarga ko‘p pul sarflaymiz, immunitetni mustahkamlash va umuman organizm faoliyatini yaxshilash yo‘lini izlaymiz. Biroq nima uchun odamlar tabiat in’om etgan ne’matlarga yetarlicha e’tibor qaratishmaydi? Asal - turli kasalliklarning oldini olish va davolash uchun xizmat qiluvchi ajoyib mahsulot. Bundan tashqari, bu shirinlikni diabetdan aziyat chekuvchilar ham iste’mol qilishi mumkin. "Hammasi oddiy!" nashri asal iste’molini boshlashingiz bilan organizmingizda yuz beruvchi 8 o‘zgarish haqida ma’lumot berdi. Faqat shuni unutmangki, asal toza bo‘lishi kerak, buning uchun uni asalarichilik bilan shug‘ullanuvchilarning o‘zidan sotib olgan ma’qul.
Asalning organizmga foydasi
Toza teri Asal — kuchli antioksidant. U terida turli toshmalar toshishi va uning erta qarishiga sabab bo‘luvchi zaharli moddalarni organizmdan olib chiqadi. Asalni iste’mol qilish bilan birga, undan niqoblar yasash ham mumkin. Asalli niqoblardan yuz terisi mayin va tekis bo‘ladi.
Ozish Ma’lumki, ortiqcha vazndan xalos bo‘lish jarayonida shirinlik iste’moli taqiqlanadi. Biroq asal iste’moli nafaqat ruxsat berilgan, balki tavsiya ham etilgan. U metabolizmni yaxshilaydi, natijada esa ortiqcha kilogrammlardan tezroq xalos bo‘linadi.
Xolesterin miqdori normallashuvi Shunisi qiziqki, asalning o‘zida xolesterin yo‘q. Biroq u organizmda xolesterin miqdorining kamayishiga turtki beruvchi mikroelementlarga ega. Yuqorida qayd etilganidek, asalning kundalik iste’moli organizmdagi antioksidant birikmalar darajasiga ijobiy ta’sir qiladi, ular esa o‘z o‘rnida, yuqori miqdordagi xolesteringa qarshi kurashadi.
Sog‘lom bo‘g‘imlar
Asalni har kuni iste’mol qilish yosh o‘tgan sayin deyarli hammada namoyon bo‘luvchi yurak-qon tomir kasalliklarini bartaraf etadi. Shifokorlar tadqiqotlarining ko‘rsatishicha, asal tarkibidagi antioksidantlar arteriyalar torayishi va tromblar hosil bo‘lishining oldini oladi.
Yaxshi xotira
Har kuni asal iste’mol qiladigan kishilarning xotirasi yaxshi bo‘ladi. Shuningdek ularning keksaygan chog‘ida sklerozdan aziyat chekish xavfi nolga teng. Bundan tashqari, asal tarkibidagi kalsiy miya tomonidan osonlikcha o‘zlashtiriladi va uning faoliyatiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.
Sog‘lom uyqu Qattiq uyqu — psixoemotsional sog‘liq va go‘zallik garovi. Asal organizm tezda uyquga ketishga yordam beruvchi melatonin gormoniga aylantiruvchi seratoninni ishlab chiqarishga turtki beradi. Shunday ekan, uyqu oldidan bir qoshiq asal iste’mol qilsangiz, yaxshi hordiq kafolatlanadi.
Oshqozon-ichak trakti normallashuvi
Ertalab och qoringa bir qoshiq asal iste’mol qilish ovqat hazm qilishni yaxshilaydi. Bunday oddiy usul oshqozon-ichak trakti kasalliklari paydo bo‘lishining oldini oladi. Shu bilan birga asal biryo‘la bakteriyalarni ham yo‘q qiladi hamda oshqozon shilliq qavatidagi jarohatlarni davolaydi.
Antidepressant Ushbu mahsulot tarkibidagi glyukoza neyronlar uchun zarur. U qonga tez so‘riladi, bu esa insonning tinchlanishi, tutqanoqlarning kamayishi va ruhiy kasalliklarni davolashda muhimdir.
Tavsiya Har kuni ertalab och qoringa va uyqu oldidan bir choy qoshiq asal iste’mol qiling. Shu bilan birga choyga qo‘shiladigan qand yo shakarni ham asalga almashtirish mumkin. Faqat uni suyuqlikka qo‘shmang, undan oldin o‘zini iste’mol qiling, chunki 60 darajadan yuqori harorat asalning foydali xususiyatlarini o‘ldiradi. Shuningdek asalga sarimsoq qo‘shib, uning virusga qarshi ta’sirini bir necha barobarga oshirishingiz mumkin. Viruslarga qarshi mo‘’jizaviy vosita tayyorlang - buning uchun 500 ml asalga oldindan maydalab ezilgan 3-4 kichik bosh sarimsoq qo‘shing.
Manba: Kun.uz