Oshxona

Asalli pirogni yangicha usulda tayyorlang

Zarur masalliqlar: 6 dona tuxum, 160 gr. shakar, 2 osh qoshiqda asal, 200 gr. un, 200 gr quyultirilgan sut, yong‘oq, 1 choy qoshiq iste’mol sodasi.

Tayyorlanishi: 1. Tuxum, shakar, asal va iste’mol sodasini chuqurroq idishga soling-da, 10-15 daqiqa davomida o‘rta olovda aralashtirib turing.

2. Masalliqlar solingan idishni olovdan oling va oz-ozdan un qo‘shing. Quyuq smetana ko‘rinishidagi xamirni gaz pechi patnisiga joylang.

3. Pirog korji 180 darajada qizdirilgan gaz pechida 30-35 daqiqa davomida pishirib olinadi

4. Pishgan korjni sovuting. So‘ng o‘rtasidan ikkiga bo‘ling.

5. Quyultirilgan sutga maydalangan yong‘oqni aralashtiring. Korjning har ikkala qismiga krem surtib, yopishtiriladi. Pirog ustini krem bilan bezab, xohlang yong‘oq, xohlang qirg‘ichdan chiqarilgan shokolad qirindisini sepib chiqing.

50 daqiqa

8 kishilik

Manba: Darakchi.uz