Salomatlik

Asalning siz bilmagan shifobaxsh xususiyatlari

Asalni nonga surib yoki choyga qo‘shib iste’mol qilishdan tashqari, boshqa qator maishiy va kosmetik maqsadlarda qo‘llash mumkin. Asalning sizga qorong‘i bo‘lgan ba’zi xususiyatlari bilan quyida tanishasiz.

Qazg‘oqdan xalos etadi

20150309124130

Asal zamburug‘ga qarshi ta’sir qila oladi. Uni shampunga qo‘shib yuborsangiz yoki uni muntazam ravishda boshingiz terisiga sursangiz qazg‘oq va bosh qichishishidan xalos bo‘lasiz.

Buning uchun 1 osh qoshiq asalni 1 choy qoshiq suv bilan aralashtiring va ushbu aralashmani bosh terisiga 2 daqiqa davomida surtib singdiring. So‘ng 2 soatga qoldiring va iliq suv bilan yuvib tashlang. Buni 2 kunda 1 marta takrorlang.

Terini tozalaydi

Uyda tayyorlangan asalli skrab terini juda yaxshi tushiradi, o‘lik hujayralarni yo‘q qiladi va yuz rangini ochadi.

Buning uchun 2 osh qoshiq asalni 1 choy qoshiq osh sodasi bilan aralashtiring. Terini biroz ho‘llab, so‘ng aylana harakatlar bilan terini ishqalang. Iliq suv bilan yaxshilab yuvib tashlang.

Chandiqlar bitib ketishida yordam beradi

Asal yaradan qolgan izlarni tuzatadi va teri rangini tiniqlashtiradi.

Buning uchun 1 choy qoshiq asalni 1 choy qoshiq kokos yoki zaytun yog‘i bilan aralashtiring hamda muammoli joyni aylana harakatlar bilan barmoqlaringiz uchi yordamida 1—2 daqiqa davomida massaj qiling. Ustidan issiq sochiqni yopib qo‘ying va sovigunicha qoldiring. Har kuni takrorlang.

Husnbuzarlarni davolaydi

11e4

Asal tarkibidagi bakteriyalarni o‘ldiruvchi va namlantiruvchi komponentlar husnbuzarlarni davolaydi, shamollashga qarshi birikmalar esa qichishish va qizarishlarga barham beradi.

Buning uchun asalni muammoli joylarga surib, 15—20 daqiqaga qoldiring, so‘ng iliq suv bilan yuvib tashlang.

Terini namlantiradi

Asal tabiat in’om etgan ajoyib namlantiruvchi vositadir. U teriga namlik va havo kirishini kuchaytiradi.

Buning uchun 1 choy qoshiq asalni yuzga surib, 15—20 daqiqaga qoldiring, so‘ng iliq suv bilan yuvib tashlang.

Kutikulani yumshatishga yordam beradi

Asaldagi ozuqaviy moddalar va fermentlar tirnoq atrofidagi yorilgan, qurib ketgan terini yumshatadi.

Buning uchun 1 choy qoshiq asalni 1 choy qoshiq tabiiy olma sirkasi va kokos yog‘i bilan aralashtiring. Kutikulaga har kuni suring va 10 daqiqaga qoldiring, so‘ng yuvib tashlang.

Kuygan joylarni davolaydi

U nafaqat to‘qimalar qayta bitib ketishini tezlashtiradi, balki bakteriyalarni o‘ldirish orqali infeksiya yuzaga kelishi oldini oladi.

Buning uchun tananing kuygan qismiga yupqa qilib asal suring, u singib ketgach, yana takrorlang.

Allergiyani davolaydi

Asal tarkibida kam miqdorda mavjud bo‘lgan gul changi immunitetni kuchaytirib, allergik reaksiyani kamaytiradi. Biroq bunda o‘zingiz yashaydigan hududda yig‘ilgan asaldan foydalaning.

Buning uchun har kuni 2—3 choy qoshiq asal yeb turing.

Yo‘talni davolab, tomoqni yumshatadi

d18791e6ef

Asalning bakteriyalarni o‘ldiruvchi, issiqlikni tushiruvchi va shamollashga qarshi xususiyatlari shamollashning ilk belgilari namoyon bo‘lganidayoq qo‘l keladi.

Buning uchun 1—2 osh qoshiq asalni bitta limon suvi bilan aralashtiring va ichib yuboring, bunda suyuqlikni og‘izda biroz vaqt ushlab turing.