Bilasizmi?

Atrofdagilarga yoqadigan odamlardagi 14 ta odat

Nega ayrim odamlar hech qanday kuchni ishga solmasdan atrofdagi odamlarga birdek yoqishi haqida hech o‘ylab ko‘rganmisiz? Ba’zi bir insonlar esa qanchalik harakat qilmasin odamlar qalbidan joy olishi qiyin bo‘ladi. «O‘yla va boy bo‘l» nomli mashhur bestseller asarning Napoleon Xill o‘zining kitoblarining birida atrofdagilar sidqidildan yashi ko‘radigan insonlarning odatlari haqida so‘z yuritadi:

-Ular atrofdagilarda ijobiy ruhiy kayfiyatni uyg‘otib, bag‘ishlashadi.

Har doim beodob va tushkun kayfiyatda bo‘lish oson. Lekin bunday munosabat bilan muvaffaqiyatga erishish va yaxni obro‘ga erishish qiyin. Ijobiy kayfiyat esa bu maqsadlarga erishishga imkon beradi.

Ular doim hurmat va do‘stona ohangda gaplashishadi. Ular gapirayotgan gaplariga ishonchlari baland bo‘ladi. Shu sababli ularning so‘lari sokin, mulohazali bo‘lib, yoqimli ma’no beradi.

-Ular suhbatdoshlarini diqqat bilan tinglashadi.

Muloqotda dimog‘dorlik va nasihatomuz ohangi – bu shaxsning menligini ko‘rsatish uchun ajoyib usul bo‘lishi mumkin, lekin suhbatoshlariga yoqish va do‘stona munosabatlarni o‘rnatish istagidagi odam uchun muvaffaqiyatsiz yo‘ldir.

- Ular har qanday vaziyatda o‘zligini dadil tutishni bilishadi.

Haddan tashqari ham ijobiy, ham salbiy ta’sirchanlik kishida yomon taassurot qoldiradi. Esda tuting, ko‘pincha sukut saqlash mazmundor salbiy hisdagi so‘dan ko‘ra suhbatdoshga anchayin samarali ma’lumotni yetkazadi.

-Ular xotirjam bo‘lishadi.

So‘z va harakatlarning o‘z o‘rnida bo‘lishligi odamlar yoqtiradigan va shu sabab hurmat qiladigan muhim fazilatlardan biridir.

-Ular oldindan taxmin qilishmaydi va samimiy bo‘lishadi.

Hamfikrlaridan tashqari boshqa yangi g‘oya va munosabatlarni qo‘llab quvvatlashga teskari bo‘lgan odamlar nafaqat shaxsiy rivojlanish, balki kasbiy mahoratni oshirish imkoniyatini ham qo‘ldan boy berishadi.

- Ular boshqalar bilan kulib gaplashishadi.

Xillning tasdiqlashicha, Amerikaning preidenti bo‘lgan Franklin Ruzveltning eng qimmatbaho mulki millon dollarga teng ajoyib tabassumi edi. Aynan u muloqot jarayonida suhbatdoshlarini beixtiyor samimiy bo‘lishlariga majbur etardi.

-Ular barcha fikrlarni aytish sira shart emasligini bilishadi.

Bunday insonlar haqiqat bo‘lsa ham barcha fikrlarni aytib, odamlarni xafa qilish yaramasligini bilishadi.

-Ular kechiktirishni yaxshi ko‘rishadi.

Kechiktirish – siz qo‘rqayotganingizning ko‘rsatkichidir. O‘z navbatida sizning yetarli bo‘lmagan samaradorligingining belgisidir.

-Ular har kuni bitta ezgu ishni amalga oshirishadi.

-Ular boshqalarga shunchaki, evaziga hech narsa kutmay yordam qo‘lini cho‘zishadi.

-Ular omadsizlikdan shikoyat qilishmaydi, bundan saboq olishadi. Odamlar omadsizlikka bardoshli bo‘lgan va qadr-qimmatini saqlagan holda qabul qilgan insonlarga maftun bo‘lishadi. Muvaffaqiyatga erishgan odamlar hayotiy saboq uchun taqdirdan minnatdor bo‘lishadi.

-Ular suhbatdoshiga dunyodagi eng kerakli inson sifatida murojaat qilishadi.

Muloqotda boshqa insonlarga nisbatan bunday munosabat bilan o‘z suhbatdoshlarini bilib olishga intilishadi, shu sababli ular o‘zi haqida gapirib berishga imkon yaratishadi.

-Ular boshqalarni laganbardorlik bilan maqtamasdan samimiy bo‘lishni uddasidan chiqishadi.

Ular boshqalarni maqtash imkoniyatini qo‘ldan chiqarishmaydi, lekin shu inson maqtovga munosib bo‘lsagina maqtashadi.

- Muvaffaqiyatga erishgan insonlar odamlarga yoqish uchun mug‘ombirlik qilishmaydi. Ular aslida qanday bo‘lsalar, shunday boshqalarga yoqishadi. Buning siri shundaki, ular doimiy ravishda o‘zlarini tutishlari, hatti-harakatlari va obro‘lari ustida ishlashadi. Kamchiliklarini ko‘rsatgan inson esa ularga shaxsiy rivojlanish jarayonini davom ettirishlariga yordam beradi.

Xurshida Xonim