Ayollarga imkon qadar iliq muomalada bo‘lishga harakat qildim.
Amir Temur
Tokim yer yuzida bitta bo‘lsa ham ayol mavjud ekan, u haqida hamisha nimadir yangi gap aytish mumkin.
Stanislas de Buffler
Er kishini savodli qilish – bir erkakni savodli qilishni, bir ayolni savodli qilish esa, butun bir avlodning savodli bo‘lishini anglatadi.
Brigham Yang
Ayol muhabbati biz uchun buyuk, uning o‘rnini hech narsa bosa olmaydi. U xuddi go‘shtga sepiladigan tuzdek: yurakka singib, uni aynishdan saqlaydi.
Viktor Gyugo
Mening istiqboli porloq erkaklarga hurmatim qanchalar yuqori bo‘lsa, o‘tmishi go‘zal ayollarga ehtiromim ham shu qadar balanddir.
Oskar Uayld
Ayolning donoligi, bu – bebaho xazina. Boz ustiga, bu xazina oqilalik va go‘zallik bilan siylangan bo‘lsa, bu – katta qudratdir.
Jorj Meredit
Ayol avvalo o‘zining eng yaqin do‘sti bo‘lishi lozim. Shunda hayoti yanayam osonlashadi.
Diane Von Furstenberg
Ayol samimiyligi kamdan-kam uchraydigan, ammo hech bir go‘zallik bilan tenglashtirib bo‘lmaydigan holat. Ayolning soxta fe’l-atvordan holi bo‘lishi undagi har qanday kam-ko‘stni yopib ketadi. Men mana shunday sodda, samimiy ayollarda chinakam go‘zallikning guvohi bo‘laman.
Stiv Maraboli
Shoirlarning madh etishlaricha, ayolning turgan-bitgani muhabbat ekan.
Virjiniya Vulf
Ayol muqaddas, sevilgan ayol esa ilohiydir.
Aleksandr Dyuma
Shuncha yillik ayriliqdan keyin shuni angladimki, Momo Havo masalasida noto‘g‘ri o‘ylagan ekanman. Jannatda Momo Havosiz yashagandan ko‘ra, yerda u bilan birga yashaganim afzal ekan.
Mark Tven
Bir haqiqatni unutmang – buyuk kishilar ortida buyuk onalar yoki fidoyi rafiqalar turgan bo‘lishadi. Shunday ekan, dunyoda buyuk ayollar ham son-sanoqsiz.
Doroti Sayers
Xudo ayollarni biz erkaklar tushkunlikka tushgan mahalimiz qaddimizni tik tutishimiz, ularga qarab ko‘zlarimizga yana quvonch balqishi, idrokimizni ishga solishimiz uchun yaratgan.
Robert Jordan
Ayollarning barcha muammolari erkaklar sabab yuzaga kelganidek, erkaklarning hamma muammolari ayollar bois barham topadi.
Santosh Kalvar
Ayol taxmini erkakning ishonchidan aniqroq bo‘ladi.
Redyard Kipling
"Kiygani birorta ham tayinli ko‘ylagim qolmabdi-ku!" deganda ayol aslida turmush o‘rtog‘iga: "Siz sen menga keraksiz, deb aytmayapsiz!" demoqchi bo‘ladi.
Keytlin Moran
Ayolga o‘qib-izlanishi uchun imkon yaratib bermagan mamlakatning faqat oyoqda ish qiladigan majruhdan farqi yo‘q.
Josteyn Gaarder
Dunyoda ikki qudratli kuch bor – biri qilich, yana biri esa qalam. Ular o‘rtasidagi raqobat va kurash shiddatli. Lekin ulardan ham qudratliroq yana bir kuch bor – bu qo‘liga qalam olgan ayoldir.
Muhammad Ali Jinna
Ayolni seva bilmagan odam dunyoning eng go‘zal sirlaridan bexabar o‘tadi.
Stendal
Tabiat ayolga shunday deydi: uddasidan chiqsang go‘zal bo‘l, xohlasang oqila bo‘l, ammo doimo idrokli bo‘lmog‘ing shart.
Per Oposten Bomarshe